YouTube videolar oxiridagi tavsiyalarni yashirish imkoniyatini qo‘shdi. Bu haqda vc.ru nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tavsiyalar oynalarini olib tashlash uchun oxirgi titrlarda pleyerning yuqori o‘ng burchagidagi “Yashirish” tugmasini bosish kerak. Shu tugma orqali o‘zgarishlarni bekor qilish ham mumkin.
Xizmat yangilanishni foydalanuvchilarning tavsiyalar ba’zan video oxiridagi kontentning bir qismini yopib qo‘ygani haqidagi shikoyatlari bilan izohladi. Shu bilan birga, mualliflar hali ham videolarga oxirgi belgilarni qo‘shishlari mumkin.
YouTube’ning veb-versiyasidan kursor kanalning suv belgisiga olib borilganda paydo bo‘ladigan “Obuna bo‘lish” tugmasi ham olib tashlandi.
Xuddi shu funksiyani pleyer ostida joylashgan tugma ham bajaradi, deya tushuntirdi xizmat.
Avvalroq YouTubeda videolarga bir nechta ovoz yo‘li qo‘shish funksiyasi taqdim qilgani haqida xabar bergandi.
Qayd etilishicha, foydalanuvchilar ovoz yo‘llarini video sozlamalaridan “Audio Track” tanlovi orqali tanlab olishlari mumkin.
Avvalroq Spot YouTube surat va matndan Shorts yaratish uchun SI vositalari qo‘shishi haqida yozgandi.
Endi foydalanuvchilar atigi bitta rasm yoki matndan video roliklar yaratishlari, shuningdek, murakkab video effektlarni qo‘llashlari mumkin.