Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
27−28-sentabr — shanba va yakshanba kunlari banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Аgrobank;
- Anorbank;
- Аpexbank;
- Asakabank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Garantbank;
- Hamkorbank;
- Hayot bank;
- Ipoteka bank;
- Infinbank;
- Kapitalbank;
- Orient Finans bank;
- Poytaxt bank;
- Tenge bank;
- Trastbank;
- Turonbank;
- Universalbank;
- O‘zmilliybank;
- O‘zsanoatqurilishbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq dollar kursi pasayishda davom etayotgani haqida xabar berilgandi. Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 61 so‘m 4 tiyinga pasayib, 12 138,67 so‘mni tashkil etdi.