Tadbir Italiya hukumati tashabbusi bilan bosh vazir Jorja Meloni boshchiligida tashkil etildi.
Konferensiyada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev ham ishtirok etdi. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot va hamkorlik yuqori darajada ekanini ko‘rsatdi.
Ulug‘bek Rustamov ishtirokchilarga murojaat qilar ekan, bunday tashabbuslarning madaniy aloqalar va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladi:
“Click doimo fintex sohasida peshqadam bo‘lib, millionlab odamlar hayotini yengillashtiradigan texnologiyalarni joriy etib kelmoqda. Shu bilan birga, biz uchun madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash, shu orqali dunyoga O‘zbekistonning global hamjamiyatning faol qismi bo‘lishga tayyorligini ko‘rsatish muhim. Biz mamlakatlarimiz orasidagi aloqalarni mustahkamlashimiz va tajriba almashish uchun maydon yaratishimizdan faxrlanamiz”.
Toshkentda Alta Moda Italiana
Alta Moda Italiana loyihasi Italiya yuqori modasini O‘zbekistonda taqdim etadi. Tashkilotchi sifatida Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi hamda Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida Click kompaniyasi chiqmoqda.
Dastur moda namoyishlari, ko‘rgazmalar va art-performanslardan iborat. Ishtirokchilar orasida mashhur dizaynerlar — Guillermo Mariotto, Saman Loira, Francesca Liberatore, Gianfranco Fusco, Gianpaolo Zuccarello, Antonio Marino, shuningdek, Kostyum va moda akademiyasi hamda Modateca Deanna vakillari bor.
Milliy dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbek brendi Azukar Moreno’ning ishtiroki mahalliy modaning rivojlanishi va uning xalqaro maydonga integratsiyasining ramzi bo‘lishi kutilmoqda.
Alohida tadbir sifatida “Italiya — bu moda” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Unda tomoshabinlar italyancha uslub tarixi va uning jahon madaniyatiga ta’siri bilan tanishadi. Mehmonlar Anita Ekberg, Ingrid Bergman, Odri Hepbyorn va Sofiya Loren kabi mashhur aktrisalar bilan bog‘liq afsonaviy obrazlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Alta Moda Italiana Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamda biznes aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda. Loyiha moda, innovatsiya va barqaror rivojlanishni birlashtirib, xalqaro miqyosda muloqot, ilhom va hamkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Reklama huquqlari asosida.