Qurilish vazirligi korrupsiya haqida aytgan tadbirkor ustidan yozdi. Mutaxassislar qanday fikrda?

Jamoatchilik vazirlikning tadbirkor ustidan IIVga ariza kiritishini tanqid qildi. Ularning fikricha, tanqidni jazolash o‘rniga, vazirlik ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi, muammolarni hal qilishga e’tibor qaratishi lozim.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Topar: onlayn kitob do‘koni qanday qilib oflaynga chiqib, oyiga $50 minglik aylanmaga erishdi?

Kompaniya asoschisi Abbos Xalmuratov Spot’ga oflayn-do‘konning ochilishi, nashriyotlar bilan hamkorlik, kitob nusxalari bilan raqobat hamda O‘zbekistondagi kitob bozorining kelajagi haqida gapirib berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Iman chocolate & fruits asoschisi Murodilla Alimbayev tavsiya qilgan 5 ta kitob

Murodilla Alimbayev shaxsiy rivojlanish, tafakkurni kengaytirish va yetakchilik fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi, tadbirkorni nafaqat ishbilarmon, balki barkamol inson sifatida shakllantiradigan kitoblarini Spot bilan bo‘lishdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Spot oktabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Shaxsiy ma’lumotlar talabi O‘zbekistonda startap ekotizimiga qanday ta’sir qilmoqda? Mulohaza

MyTaxi va Express24 asoschisi Akmal Paizievning fikricha, bulutli xizmatlarning yo‘qligi hamda infratuzilma muammolari sababli iste’dodli startaplar qo‘shni davlatlarga chiqib ketmoqda, xorijiy kompaniyalar esa mamlakat bozorini chetlab o‘tmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. OTMlar uchun qo‘shimcha qabul e’lon qilindi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari vakant o‘rinlariga qabul 25-sentabrdan 3-oktabrgacha amalga oshiriladi.
  2. 2025/2026-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilashadi.
  3. Uzbekistan Airways $8 mlrdlik Boeing Dreamliner samolyotlarini xarid qiladi. Kelishuv doirasida 14 ta Boeing 787−9 Dreamliner samolyotini xarid qilish va shu turdagi 8 ta havo kemasini opsion sifatida olish ko‘zda tutilgan. Ularni yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi.
  4. O‘zbekiston 2026-yilning martigacha JSTga a’zo bo‘lish ishlarini to‘liq yakunlamoqchi. JST bosh direktori mamlakatning tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha barcha ikki tomonlama muzokaralari yakuniga yetganini ma’lum qildi.
  5. “Oltin narxining oshishi bilan dollar kursining pasayishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q” — Markaziy bank. Regulyator izohiga ko‘ra, oltin-valyuta zaxiralari xorijiy valyutada shakllantiriladi va ularda so‘mning ishtiroki yo‘q.
  6. Yil oxirigacha sobiq Chorsu mehmonxonasi o‘rnida yangi majmua qurilishi boshlanadi. Foto.
    Maydoni 100 ming kv.metrdan ziyod bo‘lgan obyekt qiymati $100 mlndan ortiqni tashkil etadi. Loyiha 3,5 yil davom etib, 2029-yil oxirigacha yakunlanadi.
  7. Toshkentda uy-joy uchun subsidiya summasini oshirish taklif etilmoqda.
    Poytaxt hokimligi subsidiya miqdori aholi ehtiyojini to‘liq qoplamayotgani, shuning uchun shartlarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
  8. O‘zbekistonda birinchi Burger King restoranlari joriy yil oxirigacha ochiladi. Toshkentda uchta nuqta ochilishi rejalashtirilgan, ular Tashkent City Mall, Seoul Mun va Beruniy metrosi yaqinida joylashadi.
  9. Nega O‘zbekistonda kredit foizlari yuqori? — Markaziy bank asosiy sabablari haqida.
    Regulyator raisi Timur Ishmetov kredit stavkalari yuqoriligining asosiy omili sifatida inflyatsiya, imtiyozli kreditlash va omonatlarning yuqori daromadliligini keltirdi.
  10. O‘zbekiston kuzda kichik AESning kotlovan bosqichiga o‘tadi — O‘zatom rahbari.
    Azim Axmedxo‘jayev ruxsatnoma va litsenziyalar olish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya regulyatorlari hamda MAGATE bilan parallel ravishda ishlar olib borilayotganini qayd etdi.
  11. OTMlar super kontrakt miqdorlarini e’lon qilishni boshladi.
    Super kontraktning minimal miqdorlari bazaviy to‘lov-kontraktning 3 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda oliygoh rektorlari tomonidan belgilanadi.
  12. O‘zbekiston va Rosatom Jizzaxda yirik AES qurilishi bo‘yicha bitim imzoladi.
    Bitta maydonda 110 MVt quvvatga ega kichik va 2 GVt quvvatga ega katta integratsiyalashgan AES qurish rejalashtirilgan.
  13. Prezident paxtani sifatli yig‘ish uchun favqulodda shtablar tuzishni topshirdi.
    Shuningdek, fermerlar muammolarini tezkor hal etish hamda paxta uchun hisob-kitoblarni vaqtida amalga oshirilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
  14. O‘zbekiston hududlarida qo‘shimcha kichik AESlar qurilishi mumkin.
    O‘zatom rahbari gaz-kimyo va neft-kimyo majmualari qurilishi ko‘p elektr energiyasini talab qilishini ta’kidladi.
  15. Magistratura uchun qo‘shimcha qabul e’lon qilindi.
    Unda ajratilgan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin.