Xitoyning Guychjou provinsiyasidagi Xuatszyan darasi ustidagi osma ko‘prik avtomobillar harakati uchun ochildi. Bu haqda CNA xabar bermoqda.
Ko‘prik polotnosidan Beypan daryosi oqib o‘tadigan dara tubigacha bo‘lgan masofa 625 metr bo‘lib, yangi ko‘prik dunyodagi eng baland ko‘prikdir.
Xuatszyan darasi ustidagi ko‘prik qurilishi uch yil-u to‘qqiz oy davom etgan, loyiha qiymati 2 mlrd yuanga (taxminan $280 mln) yetgan. Inshootning uzunligi 2,9 kilometrni tashkil qiladi.
Mahalliy hokimiyatning ta’kidlashicha, yangi ko‘prik daraning bir tomonidan ikkinchi tomoniga borish vaqtini “ikki soatdan ikki daqiqagacha” qisqartiradi, ushbu loyihaning ishga tushirilishi esa mintaqaviy transport tarmog‘ini yaxshilaydi va “mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga yangi turtki beradi”.
Xuddi shu viloyatda ko‘priklar orasida avvalgi jahon rekordchisi — Dugue ko‘prigi (565 metr) joylashgan bo‘lib, u Beipan daryosining irmog‘i oqib o‘tadigan jarlik ustidan o‘tkazilgan.
Umuman olganda, Xitoy hukumati vakillarining ta’kidlashicha, dunyodagi eng baland 100 ta ko‘prikning deyarli yarmi Guychjou viloyatida joylashgan.
Avvalroq Spot Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochilishi haqida yozgandi.
Balandligi 377 metr bo‘lgan 82 qavatli Ciel Dubai Marina mehmonxonasi avvalgi rekordchi — 356 metrli, 75 qavatli Gevora Hotelni ortda qoldirdi.