30-sentabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 538 ming 300 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 7 mln 691 ming so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 7 mln 691 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 15 mln 383 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 30 mln 766 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 76 mln 915 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 153 mln 830 ming so‘mni tashkil qiladi.

30-sentabr kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $3900ga yaqinlashdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $3896,90ni tashkil qildi.

oltin, oltin quymalar

Goldman Sachs Group Federal zaxira tizimining mustaqilligiga putur yetgan taqdirda, oltin narxi bir unsiya uchun qariyb $5 minggacha ko‘tarilishi mumkinligini bashorat qilmoqda.

Bank tahlilchilari, hatto g‘aznachilik obligatsiyalaridan oltinga o‘tkaziladigan aktivlarning oz miqdori ham qimmatbaho metall narxining sezilarli darajada oshishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda.


Avvalroq Spot O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor $50 mlrddan oshgani haqida yozgandi. Oltin zaxiralari ham bir oyda $40,06 mlrdga yetib, qiymat jihatidan rekordni yangiladi.