Ilon Mask senzurasiz va maqola mualliflari manbalarni tanlashda cheklovlarsiz bo‘lgan Wikipediani ishga tushirishni va’da qildi.
Onlayn kutubxona Grokipedia (Grok va Wikipedia so‘zlaridan olingan) deb nomlanadi. Milliarder bu loyiha haqida o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
https://twitter.com/elonmusk/status/1972992095859433671
Mask Vikipediyada ayrim manbalarga, shu jumladan Fox News nashriyotiga havola qilish mumkin emasligidan norozi. Bundan tashqari, Ilon Vikipediyadagi maqolalarni har kim tahrirlashi mumkinligini yoqtirmaydi. Ilonning fikricha, bu katta til modellari (LLM) keyinchalik o‘rganadigan soxta ma’lumotlarni yuzaga keltiradi.
Wikipedianing amaldagi qoidalariga nisbatan noroziligini bir vaqtning o‘zida sobiq investitsiya bankiri Jon Lefevr va investor Devid Saks ham bildirdi. Saks onlayn kutubxonani doimiy ravishda tahrirlanaverishi uchun tanqid qilmoqda.
Ilon Mask Grokipediani ishlab chiqish bilan uning xAI kompaniyasi shug‘ullanishini aytdi. U Grok chat-botini ham ishlab chiqmoqda.
Tadbirkor uning Grokipediyasi maqolalarga nisbatan kamroq talablar va kengroq resurslar va manbalar to‘plamiga ega bo‘lishini va’da qilmoqda. Mask yangi kutubxonaning qachon ishga tushirilishini aytmadi.
2023-yilda Ilon Mask Wikipedia nomini o‘zgartirish uchun milliard dollar taklif qilgandi. Milliarder agar onlayn ensiklopediya nomini Dickipedia deb o‘zgartirsa xayriya qilish taklifini aytib o‘tgandi.
Avvalroq Spot AQShda Wikipedia’ning ayrim foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlar so‘ralayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, onlayn ensiklopediya qoidalarini buzgan ayrim muharrirlarning hujjatlari va yozishmalarini oshkor etish talabi qo‘yilgan.