Qozog‘iston davlat fondi — Samruk-Kazina neyron tarmoqni ishga oldi. Bu haqda Qazinform nashri xabar berdi.

U 2025-yil 2-oktabrda Digital Bridge texnologik forumida rasmiy tarzda taqdim etilgan va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga ko‘rsatildi.

SKAI (Samruk-Kazyna Artificial Intelligence) nomli neyron tarmoq fond boshqaruv kengashining mustaqil a’zosi sifatida saylanib, ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi.

U ichki va tashqi norma-hujjatlarni, fondning 2008 yildan beri bo‘lgan boshqaruv kengashi qarorlarini va boshqa arxiv materiallarini tahlil qiladi.

Bu qarorlar qabul qilishni ma’lumotlarga asoslangan, aniq va ochiq qilishga yordam berishi ko‘zda tutilgan.

“Direktorlar kengashiga sun’iy intellektga asoslangan neyron tarmog‘ini joriy etish sifat jihatidan katta sakrashdir: texnologiyalar va insonlar birgalikda qaror qabul qilishni boshlamoqda, raqamlashtirish esa jarayonlar doirasidan chiqib, boshqaruv falsafasining ajralmas qismiga aylanmoqda”, — deb ta’kidladi Samruk-Kazina boshqaruv raisi Nurlan Jakupov.

SKAI Al Farabium superkompyuteri asosida ishlaydi, bu Kazakhtelecom’ga tegishli, va tizim yopiq konturda (ya'ni ma’lumotlar mamlakat tashqarisiga chiqmasligi ta’minlangan) ishlaydi.


Avvalroq Spot Albaniya dunyodagi birinchi sun’iy intellekt vazirni tayinlangani haqida yozgandi.

Diella nomli virtual hukumat a’zosi barcha davlat xaridlarini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Qayd etilishicha, tenderlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarni Diellaning o‘zi mustaqil qabul qila oladi: