Spotify hammuassisi va rahbari Daniel Ek kompaniyaning bosh direktori lavozimidan ketayotganini e’lon qildi.
Forbes’ning yozishicha, u 2026-yil 1-yanvardan boshlab direktorlar kengashining ijrochi raisi bo‘ladi va uzoq muddatli rivojlanish va asosiy investitsiyalarga e’tibor qaratadi.
“Deyarli yigirma yil, umrimning ko‘p qismini Spotify kompaniyasining bosh direktori sifatida o‘tkazdim. Endi rolni o‘zgartirish vaqti keldi — o‘yinchidan murabbiy roliga o‘tish”, — dedi Ek.
Uning o‘rnini platformaning hozirgi ikki prezidenti — Aleks Norstrem va Gustav Sederstrem egallaydi. 2023-yildan boshlab Aleks Norstrem va Gustav Sederstrem hamraislik lavozimini egallab, o‘z vakolatlarini kengaytirib, zarur tajribaga ega bo‘lishdi.
Nordstrom an’anaviy ravishda biznes, marketing va kontentni nazorat qilgan, Sederstrom esa ma’lumoti bo‘yicha muhandis bo‘lib, texnologiya va mahsulotni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan.
Spotify direktorlar kengashi bunday o‘zgarishning muvaffaqiyatli bo‘lishiga to‘la ishonch bildirmoqda. “Biz bu juda yaxshi natija berishiga ishonchimiz komil va xotirjammiz. Ularning to‘liq kuch bilan ishlashini kuzatish imkoniyatimiz bo‘ldi va ular o‘yinga shay turibdi”, deya ta’kidladi direktorlar kengashi a’zosi Vudi Marshall.
Daniel Ek kompaniya eng yuqori cho‘qqiga erishgan paytda bosh direktor lavozimini tark etmoqda. O‘tgan yil davomida Spotify aksiyalari 100% ga o‘sdi va kompaniyaning bozor qiymati $150 mlrddan oshib ketdi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Ekning shaxsiy boyligi $10,3 mlrd deb baholanmoqda.
Ek yangi ijrochi rais lavozimida uzoq muddatli strategiya va muhim investitsiyalar bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, u operatsion boshqaruv to‘liq yangi bosh direktorlarga o‘tishini ta’kidladi.
Avvalroq Spot Spotify musiqa xizmati o‘zining messenjeriga ega bo‘lishi haqida yozgandi.
Foydalanuvchilar taronalarni ulashib, bir-biriga matnli xabarlar yubora oladi. Bu funksiyadan 16 yoshdan kattalar foydalanishi mumkin.