Quyosh panellarini qanday o‘rnatish va davlatga elektr energiyasini sotish mumkin? Shaxsiy tajriba

Abdurahmon Yo‘ldoshev energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarni qanday hisoblab chiqqani, asbob-uskunani qanday tanlab olgani va o‘rnatgani, tizimga qancha sarf qilingani va qanday qilib ortiqcha energiyani tarmoqqa qayta sotayotgani haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda quriladigan AES qanday ko‘rinishda bo‘ladi? Maket

O‘zatom Jizzax viloyatidagi bir maydonda har biri ikkitadan joylashadigan katta VVER-1000 va kichik RITM-200N energobloklarining maketini taqdim etdi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonda sentabr oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi va ekspertlar nima deydi?

O‘zbek so‘mi ketma-ket beshinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanmoqda. Sentabrda milliy valyuta 414 so‘mga, yil boshidan buyon esa 852 so‘mga qimmatlashgan. Dollar kursi 2023-yil avgustidan beri eng past darajaga tushdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xronika: O‘zbekiston o‘z AES’ini qurishga qanday harakat qilmoqda?

2017-yildan buyon mamlakat atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Spot bularning barchasi qanday boshlangani, qanday o‘zgarishlar bo‘lgani va kelgusida nimalar kutilayotganini eslatib o‘tadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Toshkentdagi kovorking markazlari: xizmatlar va narxlar

Spot poytaxtda qanday kovorking markazlari borligi, sharoitlari, narxlari va manzillari haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Pensiyalarni Face-ID orqali naqd shaklda to‘lash boshlandi.
    Qayd etilishicha, mazkur tizim pensiyalarni o‘z egasiga to‘liq va o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlaydi.
  2. O‘zbekiston Rossiyadagi migrantlar uchun imtihonlarni soddalashtirishni taklif qildi.
    Shuningdek, Migratsiyasi agentligi til imtihonini Rossiya o‘rniga O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qilmoqda.
  3. 2026-yildan O‘zbekistonda 50 yillik avtomobillardan foydalanish taqiqlanishi mumkin.
    IIV ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
  4. Safe Road ilovasida “chiroyli” avtoraqamlar savdosi yo‘lga qo‘yildi.
    Yagona oshirilgan to‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun 7 mln so‘m, yuridik shaxslar uchun esa 10,3 mln so‘mni tashkil etadi.
  5. Ilon Maskning boyligi birinchi marta $500 mlrdga yetdi — Forbes.
    Tadbirkorning aktivlari aksiyalarning bir qismini investorlarga sotganidan keyin OpenAI’ning bahosiga tenglashdi.
  6. O‘zbekistonning tashqi qarzi $8 mlrddan ortiqqa o‘sib, $72,2 mlrdga yetdi.
    Joriy yilning birinchi yarmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 42% ga o‘sib, $1,6 mlrdni tashkil etdi.
  7. Toshkent yer usti metrosi bekatlari 18-oktabrdan qayta ishga tushadi.
    Metroda xavfsizlik va xizmat sifatini ta’minlash uchun poyezdlar bir muddat yo‘lovchilarsiz sinov tariqasida harakatlanadi.
  8. 2-oktabrdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi.
    Arizalarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal hamda MyGov ilovasi orqali bepul jo‘natish mumkin.
  9. Donald Trampning boyligi ikki baravar oshdi.
    Trampning boyligi hozir $7,3 mlrd bo‘lib, u hali prezidentlikka nomzod bo‘lgan 2024-yilga nisbatan $4,3 mlrdga ko‘paygan.
  10. O‘zbekistonda AES qurilishi elektr energiyasi narxini pasaytiradi — O‘zatom.
    Azim Axmedxo‘jayev atom energetikasi hisobiga energiya quvvatlarini oshirish energotizimni optimallashtirish imkonini berishini ta’kidladi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Frame onlayn-kinoteatri ICT Week 2025'da media-ekotizimini taqdim etdi

Frame — O‘zbekistonda filmlar va seriallarni o‘zbek tiliga professional dublyaj bilan taqdim etayotgan onlayn kinoteatr — bu yilgi ICT Week Uzbekistan 2025 texnologiyalar haftaligida ishtirok etdi.


O‘zbekiston golfchilari chempionatda yuqori natijalar ko‘rsatdi

25−28-sentabr kunlari Toshkent golf klubi maydonlarida yilning asosiy turniri — golf bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu yil u 10 dan ortiq mamlakatdan 100 dan ortiq sportchini to‘pladi, ular orasida professionallar ham, havaskorlar ham bor.


FB NKO MMT uchun tarmoq standartini joriy etmoqda

Fido Biznes kompaniyasi O‘zbekistonda MMT uchun soha standartiga aylanishi mumkin bo‘lgan FB NKO platformasini taqdim etdi. Yechim mikromoliyaviy operatsiyalarning to‘liq siklini avtomatlashtiradi va undan allaqachon TBC Bank o‘z MMTSini ishga tushirish uchun foydalanmoqda.