Asterium va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS in Tashkent) kiberxavfsizlik, fintex va Web3 sohalarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha rejalarni mustahkamlovchi memorandum imzoladi.

Uchrashuvda MDIS Toshkentning marketing va korporativ aloqalar direktori Shaxnoza Karimova hamda Asterium kompaniyasining CMO’si Dilnoza G‘afurjonova ishtirok etdi. Tomonlar ta’lim ekotizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Memorandum doirasida kelishilgan tashabbuslar:

  • ish yarmarkalarida ishtirok: Asterium tadbirlarda ishtirok etib, talabalarga kompaniyaning HR mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatini taqdim etadi;
  • kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarni oshirish: raqamli davrda ma’lumotlarni himoya qilish muhimligini ta’kidlovchi ochiq ma’ruzalar o‘tkaziladi. Zero, bugun hech kim xatardan xoli emas va har kim “nishon"ga aylanishi mumkin;
  • ofis qabul kunlari: talabalar Asterium ofisiga tashrif buyurib, ish jarayonlari va korporativ madaniyat bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • amaliyot dasturlari: eng yaxshi talabalar va bitiruvchilar Asterium’da stajirovka o‘tash, keyinchalik esa ishga joylashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Kiberxavfsizlikning raqamli texnologiyalar tez rivojlanayotgan davrda naqadar muhimligi alohida qayd etildi. Uchrashuv ishtirokchilari talabalarga ushbu sohadagi zaifliklarni anglash zarurligini ta’kidladi.

“Bizning maqsadimiz — talabalarni kiberxavfsizlik, fintex va Web3 bo‘yicha chuqur bilimlar bilan ta’minlash, ularga amaliy ko‘nikmalar va real imkoniyatlar yaratib, kasbiy faoliyatni boshlashlariga yordam berish”, — dedi Asterium CYeO’si Komilxo‘ja Sultonov.

asterium, reklama

“Ta'limiy kontent sifati va dasturning amaliy yo‘nalishi talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz, shuningdek, kiberxavfsizlik va amaliy tajriba ularning muvaffaqiyat kaliti bo‘lishiga ishonamiz”, — deya gapirib berdi MDIS Toshkent marketing va korporativ aloqalar direktori Shaxnoza Karimova.

Dastur haqida

Tashabbus real loyihalarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar va mentorlik qo‘llab-quvvatlashini o‘z ichiga oladi.

Asterium haqida

Asterium — O‘zbekistonda va mintaqalarda kriptoaktivlar litsenziyalari asosida faoliyat yurituvchi, innovatsiyalar va ta’limga e’tibor qaratadigan ilg‘or Web3 platformasi.

MDIS haqida

MDIS Toshkent — menejment va IT bo‘yicha dasturlarni taklif etuvchi, global iqtisodiyot uchun mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan ta’lim muassasasi.

Avvalroq Asterium Armanistan Code Academy bilan hamkorlikda Web3 Academy’ni ishga tushirganini e’lon qilgan edi. Mazkur ta’lim dasturi Product Management, Digital Marketing va Blockchain Engineering yo‘nalishlarini qamrab olib, IT ta’limini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Email — info@asterium.uz
Sayt: asterium.uz
Instagram: @asteriumwallet
Telegram: t.me/asterium, t.me/asterium_help

Reklama huquqlari asosida.