UzVC va TechStars o‘rtasida shartnoma imzolash O‘zbekiston venchur sanoatini rivojlantirishda yangi bosqichni anglatadi. Ushbu hamkorlik o‘zbek tadbirkorlari va startaplarning xalqaro standartlariga, biznesni rivojlantirishning ilg‘or metodologiyalariga va professional aloqalarning global tarmog‘iga kirish imkonini beradi.

Hamkorlik innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini yaratishga qaratilgan bo‘lib, u nafaqat moliyaviy resurslarni, balki ekspert hamrohligini, soha mutaxassislaridan mentorlik va xalqaro bozorlarga kirishni o‘z ichiga oladi. Dastur startap loyihalarining sifatini, ularning mintaqaviy va global darajadagi raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

Techstarsning global dasturlari — Startup Weekend dasturini ham o‘z ichiga olgan holda — Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda 2010-yillarning oxiridan boshlab faoliyat yuritib, asoschilarga dastlabki g‘oyalarni jamoalarga va prototiplarga aylantirish yo‘lida yordam bermoqda.

Hamkorlik quyidagi bir qator dasturlarni qamraboladi:

  • Techstars Community Development Lab;
  • Techstars Startup Digest;
  • Techstars Startup Week;
  • Techstars Startup Weekend.

Dasturning asosiy maqsadlari va kutilayotgan natijalari:

  • tadbirlar va kengaytirish orqali yuzlab yangi g‘oyalar yaratilishi;
  • taxminan 20 gacha startap kompaniyalari Techstarsning global pre-akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishi;
  • 200 dan ortiq mentor mahalliy va xalqaro tarmoqlardan jalb qilinadi;
  • butun O‘zbekiston bo‘ylab 15 tagacha tadbir (mitaplar, xakatonlar, Demo kunlar va vorkshoplar) o‘tkaziladi.

Bu ko‘rsatkichlar ko‘proq startaplarni mintaqaviy investitsiya oqimiga olib chiqish va asoschlarning keyingi akseleratsiya hamda kapital jalb qilishga tayyorligini oshirish uchun mo‘ljallangan.

Dasturni amalga oshirish va mahalliy darajada o‘tkazish Hackonnect jamoasi bilan amalga oshiriladi. Hackonnect O‘zbekistondagi Techstars Startup Weekend hamjamiyatidan va mahalliy Startup Weekend tashkilotchilari jamoasidan o‘sib chiqqan. Hackonnect oflayn dasturlar, hamjamiyat bilan ishlash va turli shaharlarda mentorlarni muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘ladi.

“Bu hamkorlik O‘zbekistonning innovatsiya rivojlanishi yo‘lida tarixiy voqeadir. Techstars bilan hamkorlik qilib, biz nafaqat mahalliy asoschilarga yordam beramiz, balki o‘zbek va global startap ekotizimlari o‘rtasida ko‘prik yaratamiz. Techstars dasturlari orqali startaplarimizning salohiyatini oshirgan holda mamlakat doirasidan chiqib, mintaqaviy va global darajada raqobatlasha oladigan sifatli loyihalar sonini ko‘paytira olamiz”, — dedi Dilshod Hashimov, UzVC bosh direktori.

Tashabbuslar O‘zbekiston startap ekotizimini sponsorlik, mentorlik va tadbirlarni birgalikda o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlashda manfaatdor strategik hamkorlar, korporatsiyalar, universitetlar, investor guruhlari va xalqaro rivojlanish tashkilotlari uchun ochiq. Manfaatdor tashkilotlar hamkorlik bo‘yicha muhokama qilish uchun UzVC yoki Hackonnect bilan bog‘lanishga taklif etiladi.

Hamkorlar haqida

UzVC Milliy venchur fondi — O‘zbekiston venchur bozorini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy xususiy VC-fondlarni jalb qilish, mahalliy startaplarni investorlar bilan bog‘lash va inkubatsiya hamda akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish uchun tashkil etilgan milliy venchur fondlar fondi.

Techstars — global akselerator va startap hamjamiyati uchun dasturlar operatori, uning dasturlari (Startup Weekend dasturini ham o‘z ichiga olgan holda) yuzlab shaharlarda o‘tkaziladi va butun dunyo bo‘ylab minglab asoschilarga yordam bergan.

Hackonnect — Toshkent shahrida tadbirlar va dasturlarni tashkil etuvchi kompaniya, O‘zbekistondagi startap asoschilari uchun xakatonlar, inkubatsiya, akseleratsiya dasturlari va boshqa faoliyatlarni o‘tkazadi.

UzVC O‘zbekistonda venchur moliyalashtirish va texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish strategiyasini amalga oshirishni davom ettirmoqda. TechStars bilan hamkorlik milliy innovatsion ekotizimni global texnologik rivojlanish jarayonlariga integratsiyalash va yuqori texnologiyalar sektorining barqaror o‘sishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

UzVC:

Telefon: (+998) 95−500−09−19.

E-mail: info@uzvc.uz
Sayt: uzvc.uz
LinkedIn: linkedin.com/uzvc

Hackonect:

Telefon: (+998) 90−639−06−39.

Sayt: hackonnect.uz

Reklama huquqlari asosida.