Texasdagi Alpha School maktabida barcha o‘qituvchilar sun’iy intellektga almashtirildi. Bu haqd CBS News xabar berdi.
Asosiy bilimlardan tashqari, bolalarga moliyaviy savodxonlik darslari beriladi va ularda soft skills rivojlantiriladi.
“Maktabda kunlar boshqacha o‘tadi. O‘quvchilar loyihalar ustida ishlaydilar, moliyaviy savodxonlik va notiqlik ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar”, — dedi makatab asoschisi Makkenzi Prays.
O‘qish va uy vazifalarini o‘z sur’atida bajarish mumkin. Jonli o‘qituvchilar faqat yo‘naltiruvchi sifatida qoldirilgan.
Algoritm o‘qituvchining tajribasini o‘rnini bosadimi, degan savolga gid Lyuk Fillips: “Menimcha, u o‘qituvchi tajribasini o‘rnini bosmaydi, aksincha, ular birgalikda ishlaydi deb o‘ylayman” deya javob berdi.
“Biz yirik davlat [maktab] tizimida juda ko‘p muammolar borligini tan olamiz, shuning uchun men Alpha namuna, ilhom manbai bo‘la olishiga va oilalarga ushbu ta’lim modeli ishlashi mumkinligini tushunishga yordam berishiga umid qilaman”, — dedi Prays.
Alpha maktabida bir yillik ta’lim $40 ming turadi. Bunday mablag‘ evaziga maktab o‘quvchilarini imtihon natijalari bo‘yicha eng yuqori 1%lik qatorga olib chiqish va’da qilinmoqda.
Avvalroq Spot Qozog‘iston davlat fondi neyron tarmoqni ishga olgani haqida yozgandi.
SKAI nomli neyron tarmoq fond boshqaruv kengashining mustaqil a’zosi sifatida saylanib, ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi.