InfinBANK o‘z uyiga ega bo‘lishni yoki biznesini rivojlantirishni istagan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bank ko‘chmas mulk sotib olish uchun qulay ipoteka shartlarini, shuningdek, o‘z hududining ekologiyasi va energiya tejamkorligiga e’tibor beradiganlar uchun maxsus “Yashil ta’mirlash” dasturini taklif etadi.

Yangi ipoteka dasturi nafaqat poytaxtda, balki viloyatlarda ham xaridorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan:

  • kredit miqdori:

    • Toshkent shahri uchun 800 mln so‘mgacha;

    • viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 500 mln so‘mgacha;

  • kredit muddati: 180 oygacha;
  • yillik foiz stavkasi: 23,99%;
  • boshlang‘ich to‘lov: 26% dan boshlab.

infinbank, reklama

“Yashil ta’mirlash” krediti

Barqaror rivojlanish va energiya tejashni qo‘llab-quvvatlash doirasida bank ekologik toza ta’mirlash uchun maxsus kreditni ham taklif etadi:

  • kredit miqdori: 170 mln so‘mgacha
  • kredit muddati: 120 oygacha;
  • yillik foiz stavkasi: 23,99%

“Yashil ta’mirlash” dasturi energiya tejamkor texnologiyalar, ekologik toza materiallar va barqaror muhandislik yechimlaridan foydalanib, binolarni yangilash yoki qayta jihozlash imkonini beradi.

Ipoteka kreditini olish imkoniyati hayot sifatini yaxshilash uchun asosiy omillardan biridir. Yangi mahsulotlar yo‘lni yengillashtirish va minglab fuqarolar uchun o‘z uyiga yoki zamonaviy ofisiga ega bo‘lishni osonlashtirishga qaratilgan.

Reklama huquqlari asosida.