Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi mamlakatga kirish uchun amaldagi vizaga ega bo‘lgan barchaga umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.
“Saudiya Arabistoniga borib, Umra ziyoratini ado etishni rejalashtirmoqdamisiz? Endi siz har qanday viza bilan diniy marosimlarni bajarishingiz mumkin”, deya xabar qildi vazirlik.
Idora tomonidan ta’kidlashicha, yangi qoida barcha turdagi vizalarga, shu jumladan sayyohlik, tadbirkorlik, oilaviy, tranzit va mehnat vizalariga tatbiq etiladi.
https://twitter.com/makkahregion/status/1974911263944868191?
Qayd etilishicha, endilikda Umra vizasini Nusuk Umrah raqamli platformasi orqali onlayn olish mumkin. Umra ziyoratini amalga oshirmoqchi bo‘lganlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet orqali tegishli xizmatlar paketini tanlab, viza rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi.
Vazirlik, shuningdek, ushbu qarorning ziyoratchilar uchun tartib-qoidalarni soddalashtirish maqsadida qabul qilinganini ta’kidladi.
Bu qaror “Vision 2030” milliy dasturi doirasida diniy turizmni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli strategiyaning bir qismiga aylandi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda Umra xizmatlarida “Sirli mijoz” nazorati yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgandi.
Bu tekshirish yoki tadbirkorlik faoliyatiga aralashish hisoblanmaydi hamda unda Umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirishda gumonlanayotganlarga oid maʼlumotlar to‘planadi.