Ilon Mask 2022-yilda kompaniya boshqaruvini o‘z qo‘liga olganidan so‘ng ishdan bo‘shatgan Twitter’ning to‘rt nafar rahbari bilan $128 mlnlik da’voni hal etmoqda.
Twitterni sotib olganidan keyin Maskning birinchi harakatlaridan biri bosh direktor Parag Agraval, moliyaviy direktor Ned Sigal va yetakchi huquqshunoslar Shon Edjett va Vijayya Gaddeni ishdan bo‘shatish bo‘ldi.
Ushbu to‘rtta rahbar hech qachon ishdan bo‘shatish nafaqasini olmagan, ular Maskni kompaniyani sotib olishdan bosh tortganida $44 mlrdlik va’dasini bajarishga majbur qilishga uringanliklarini da’vo qilishgan.
Da’vo arizasida hatto Maskning Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan tarjimai holidan iqtibos keltirilgan bo‘lib, unda u Twitter’ning yuqori rahbariyatidagi har bir kishini “o‘lguncha” ta’qib qilishini aytgan.
Sud arizasida tomonlar kelishuvga erishganligi tasdiqlansa-da, bu kelishuv shartlari qanday ekanligi hali aniq emas.
Joriy yil martda Twitter’ning sobiq bosh direktori Parag Agraval va yana uchta top-menejer Ilon Maskdan to‘lanmagan nafaqalar uchun $128 mlnlik da’vo qo‘zg‘atgandi.
Ular Maskning yillik maoshlar va aksiyalari bo‘yicha yuz minglab qarzdor ekanliklarini da’vo qilishgandi.
Faqat bu rahbarlargina emas, balki boshqalar ham Maskka qarshi ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash talabi bilan sudga murojaat qilishgan. Yaqinda Mask Twitter’dan bo‘shatilgan 6000 nafar xodim bilan bog‘liq jamoaviy da’voni hal qildi.
Bu sobiq Twitter xodimlarining ko‘pchiligi o‘zlariga to‘liq bo‘lmagan ishdan bo‘shatish nafaqalari to‘langanidan yoki umuman to‘lanmaganidan shikoyat qilishgan.
Avvalroq Spot Ilon Maskning boyligi birinchi marta $500 mlrdga yetgani haqida yozgandi.
Tadbirkorning aktivlari aksiyalarning bir qismini investorlarga sotganidan keyin OpenAI’ning bahosiga tenglashdi.