Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida chegaralarda yangi tizim — Entry/Exit System (EES) ishga tushdi, deya xabar bermoqda Reuters bashri.
Qayd etilishicha, bu tizim Ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlar fuqarolarini elektron ro‘yxatga olishni joriy etadi.
EES avtomatlashtirilgan tizim bo‘lib, uchinchi mamlakatlardan kelgan sayohatchilardan chegarani kesib o‘tishda pasportni skanerlash, barmoq izlarini olish (12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun talab qilinmaydi) va fotosuratga olish bilan ro‘yxatdan o‘tishni talab qiladi. U Shengen hududi mamlakatlarida (bu Irlandiya va Kiprdan tashqari Yevropa Ittifoqining 25 davlati) ishlaydi.
Uni to‘liq joriy etish uchun yarim yil muddat belgilangan bo‘lib, 2026-yil 10-aprelgacha Yevropa Ittifoqi pasportlarga shtamp qo‘yishdan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda — bular ma’lumotlar bazasidagi elektron yozuvlar bilan almashtiriladi. Bu pasport nazoratini bekor qilmaydi.
Tizim Yevropa Ittifoqida ruxsat etilgan muddatdan ortiq qolganlarni aniqlash, shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq firibgarlikka qarshi kurashish va noqonuniy migratsiyaning oldini olish imkonini beradi, deb ta’kidlaydi agentlik.
Reuters agentligi Serbiya va Yevropa Ittifoqiga a’zo Xorvatiya o‘rtasidagi Bayakovo chegara o‘tish joyida yangi qoidalar joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan vaziyat haqida xabar berdi.
“Beshta yo‘lak ochildi, shuning uchun biz taxminan 20 daqiqa navbatda turdik va taxminan ikki daqiqa [ro‘yxatdan o‘tish kabinasida] har birimizga mashinadan beshtadan kerak bo‘ldi”, — dedi Yevropa Ittifoqiga kirayotgan serbiyalik Dalibor Vranich.
Avvalroq Spot Yevropa Ittifoqi O‘zbekistondan Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni yetkazib berishni to‘xtatishga erishgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, hozirda sanksiya ostidagi tovarlarning eksport cheklovlarini chetlab o‘tish holatlarining qariyb 80%i Xitoy va Gonkongga to‘g‘ri keladi.