13-oktabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
1 gramm oltin 1 mln 620 ming 680 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 8 mln 103 ming so‘mdan sotilmoqda.
Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:
- 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 8 mln 103 ming so‘m;
- 10 gramm oltin quyma narxi 16 mln 207 ming som;
- 20 gramm oltin quyma narxi 32 mln 414 ming so‘m;
- 50 gramm oltin quyma narxi 81 mln 034 ming so‘m;
- 100 gramm oltin quyma narxi 162 mln 068 ming so‘mni tashkil qiladi.
13-oktabr kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $4000 lik qiymatni saqlab turibdi.
Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4061,8ni tashkil qildi.
Talab dollarning qadrsizlanishi va barqaror inflyatsiya, shuningdek, AQShda bir haftadan ortiq davom etayotgan shatdaun fonida o‘sib bormoqda.