Tadbirning asosiy tashkilotchisi bo‘lgan BYD Central Asia kompaniyasi BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i (Astana Motors Uzbekistan kompaniyalar guruhiga kiruvchi) bilan hamkorlikda Toshkentda teshilishga chidamlilik sinovini (Nail Penetration Test) o‘tkazdi. Bu sinov BYD Blade Battery akkumulyatorining nima uchun dunyodagi eng xavfsiz akkumulyatordan biri hisoblanishini yaqqol namoyish etdi.
Tadbir BYD Rohat dilerlik markazida BYD akademiyasi doirasida o‘tkazildi. Mehmonlar batareya ishlash tamoyillari haqida ma’lumot olish bilan birga, uning sohadagi eng qattiq sinovlardan biri — mix bilan teshish sinovidan qanday o‘tganini shaxsan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tajribaning mohiyati sodda, biroq ahamiyatli: teshish batareyaning issiqlik bilan tezlashishini taqlid qiladi. Bu holat yo‘l-transport hodisasi vaqtida batareyaning ichki materiallari va qismlari aralashib, kimyoviy reaksiyani keltirib chiqarganida yuzaga kelishi mumkin. Sinovda qat’iy milliy xavfsizlik standartlariga muvofiq ravishda 5 mm diametrli po‘lat igna ishlatilgan bo‘lib, u akkumulyator katakchasiga 25 mm/s tezlikda kiritilgan.
Taqqoslash uchun, an’anaviy NCM batareyasi sinov paytida darhol alanga va quyuq tutun chiqarish orqali reaksiya beradi. Shu bilan birga, BYD kompaniyasining Blade Battery’si teshilgandan so‘ng yonish yoki tutun chiqarish belgilarini namoyon etmadi. Bu ikki asosiy omil bilan izohlanadi:
maxsus konstruksiya: BYD muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan Blade Battery elementlarning gorizontal joylashuvi va yagona yuk ko‘taruvchi karkasni o‘z ichiga oladi. Bu esa deformatsiya va qizib ketishga chidamlilikni oshiradi hamda uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi;
materiallarning kimyoviy barqarorligi: litiy-temir-fosfat (LFP) texnologiyasining qo‘llanishi yuqori harorat barqarorligini va yong‘in xavfining minimal darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Ushbu natijalar BYD Blade Battery akkumulyatorli elektromobillar sezilarli darajada yuqori xavfsizlik darajasiga ega ekanini va hatto jiddiy shikastlanganda ham yong‘in xavfi deyarli yo‘qligini ishonchli tarzda ko‘rsatadi. Shu sababli BYD Blade Battery jahon avtomobilsozlik sanoatida xavfsizlik me’yorlarini asosli ravishda qayta belgilamoqda.
Akademiya doirasida ishtirokchilarga V2L (Vehicle-to-Load) funksiyasi namoyish etildi va ular elektr duxovkada pishirilgan tartaletkalarni tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Elektr energiyasi BYD Song Plus DM-i UzPride avtomobilidan ta’minlandi.
“Igna bilan teshish” sinovi va V2L imkoniyatlari BYD innovatsiyalari nafaqat laboratoriyada, balki yo‘lda va kundalik hayotda ham samarali ishlashining ishonchli isboti bo‘ldi.
BYD akademiyasining navbatdagi ma’ruzasi amaliy namoyish bilan birga 18-oktabr kuni BYD Yakkasaroy dilerlik markazida o‘tkaziladi. 1322 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.