14-oktabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 662 ming 760 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 8 mln 314 ming so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 8 mln 314 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 16 mln 628 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 33 mln 255 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 83 mln 138 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 166 mln 276 ming so‘mni tashkil qiladi.

Kunlik narx o‘sishi maksimumni yangiladi. To‘qqiz yarim oy ichida oltin 46,85% ga, 2024-yilning shu kuniga nisbatan esa deyarli 48,5% ga qimmatlashdi.

14-oktabr kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $4100 dan turibdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4182,01ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin, oltin quymalar

Goldman Sachs Group Federal zaxira tizimining mustaqilligiga putur yetgan taqdirda, oltin narxi bir unsiya uchun qariyb $5 minggacha ko‘tarilishi mumkinligini bashorat qilmoqda.

Bank tahlilchilari, hatto g‘aznachilik obligatsiyalaridan oltinga o‘tkaziladigan aktivlarning oz miqdori ham qimmatbaho metall narxining sezilarli darajada oshishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda.


Avvalroq Spot O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor $50 mlrddan oshgani haqida yozgandi. Oltin zaxiralari ham bir oyda $40,06 mlrdga yetib, qiymat jihatidan rekordni yangiladi.