Rossiyada haydovchisiz traktor ishlab chiqarildi. Bu haqda Rossiya Transport vazirligining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, tizim haydovchining yukini yengillashtiradi. Shunday qilib, u yo‘lni kuzatish o‘rniga, planshetda kerakli harakat parametrlarini kiritadi va asbob-uskunalarning ishlashiga e’tiborini qaratadi.
Hosil yig‘imida bu don qiymatining 30−40%iga teng bo‘lgan yo‘qotishlarning oldini olishga yordam beradi.
Ishlanma allaqachon sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Haydovchisiz boshqariladigan traktor har yili 10−15 ming chet el traktori o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Avvalroq Rossiya Transport vazirligi 2027-yilga borib haydovchisiz avtomobillar umumiy foydalanishdagi yo‘llarga chiqarilishini ma’lum qildi.
Haydovchisiz yuk mashinalarini sinovdan o‘tkazish muvaffaqiyatli bo‘ldi, biroq hali “texnologiyalarni takomillashtirish va qoidalarni muvofiqlashtirish kerak.
Transport vazirligining ta’kidlashicha, bu boradagi asosiy hujjat 2028-yilgacha haydovchisiz avtomobillarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” bo‘ladi.
Uning asosiy maqsadi avtonom transportdan xavfsiz foydalanish uchun yagona qoidalar va infratuzilmani yaratishdir.