Microsoft 14-oktabrdan boshlab Windows 10'ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi.

Foydalanuvchilarga operatsion tizimni Windows 11'ga yangilash tavsiya etiladi, deyiladi kompaniya xabarida.

Bu seshanba kunidan boshlab dasturiy ta’minot yangilanishlari va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, texnik yordam ko‘rsatilmasligini anglatadi.

Windows 10 ishlashni to‘xtatmasa-da, ushbu operatsion tizim versiyasiga ega kompyuterlar dasturiy ta’minot va xavfsizlik tizimlarini keyingi yangilashlarsiz viruslar va zararli dasturlar bilan zararlanishga ko‘proq moyil bo‘ladi.

Iyul oyida Microsoft 2026-yilda Windows 10 foydalanuvchilari uchun Microsoft 365 ilovalari (Outlook, Teams, Office, OneDrive, Sharepoint xizmatlari) yangilanishlarini chiqarishni to‘xtatishini e’lon qildi.

Word kabi ilovalar Windows 10'ni qo‘llab-quvvatlash tugaganidan keyin ishlashda davom etsa-da, ushbu operatsion tizimdan foydalanish Microsoft 365'ni ishga tushirishda ishlash va ishonchlilik bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin, deya tushuntirdi u.

Windows 10 — Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimdir. U 2015-yil 29-iyulda ishga tushirilgan.


Avvalroq Spot Skype messenjeri 5-may kuni o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqida yozgandi.

Microsoft korporatsiyasi 21 yillik faoliyatidan so‘ng uni qo‘llab-quvvatlashni yakunladi.