AQSh zarbxonasi 2026-yilda Stiv Jobs tasviri tushirilgan esdalik tangasini chiqaradi. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, uni $13,25 ga (Markaziy bankning 2025-yil 16-oktabrdagi kursi bo‘yicha 161 ming 120 so‘m) sotib olish mumkin.

Unda Apple asoschilaridan biri Stiv Jobs “Kaliforniyaga xos tepaliklar va eman daraxtlari manzarasi” fonida meditatsiya holatida tasvirlangan. Shuningdek, tangada Jobsning “Ajoyib narsa yarating” degan gapi ham bor.

Zarbxona izohiga ko‘ra, dizayn Kaliforniya tabiatining Stiv Jobs yondashuviga ta’sirini aks ettiradi — u murakkab texnologiyalarni sodda va qulay mahsulotlarga aylantirish g‘oyasini ifodalaydi.

Zarbxona jami to‘rtta yubiley tangasini taqdim etdi: Jobsga bag‘ishlangan tangadan tashqari, agronom Norman Borlaug va Ayova shtati, birinchi Cray-1 superkompyuteri va Viskonsin shtati, shuningdek, transport sovitish texnologiyasi va Minnesota shtatiga bag‘ishlangan tangalar ham bor.

aqsh, esdalik tangalari, stiv jobs

Ma’lum qilinishicha, to‘rtta tanganing hammasi 2026-yilda muomalaga chiqariladi.