Ulug‘bek Sharipov — Yandex Uzbekistan’dagi Alisa mahsulotining menejeri. U mamlakatda assistentni mahalliylashtirish va rivojlantirish, shuningdek, modelni sinovdan o‘tkazish va mahalliy xizmatlar bilan integratsiya qilish uchun javobgar. Ulug‘bek Yandex’ga qanday kelgani va o‘zbekcha Alisani qanday ishlab chiqishgani haqida gapirib berdi.
Ulug‘bek Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan va o‘sha yerda maktabni bitirgan. Keyin Toshkentga ko‘chib kelgan va hozir Toshkent shahridagi Vebster universitetida “Kompyuter fanlari” yo‘nalishida to‘rtinchi bosqich talabasi.
“Bolaligimdan IT sohasiga qiziqqanman. Faoliyatimni amaliyotdan boshlaganman, keyin UZCARD xoldingi va Alif fintex kompaniyasida ishlab, mobil ilovalar, bekend va fizik terminallarni test qilish bilan shug‘ullanganman. Bu tajriba keyinchalik juda yordam bergan. Keyin Yandex Uzbekistan men bilan bog‘landi, olti bosqichli suhbatdan so‘ng esa men Alisaning rivojlanishi va o‘zbek foydalanuvchilariga moslashuvida ishtirok etishimni bilib xursand bo‘ldim”, — deydi Ulug‘bek.
O‘zbekcha Alisa qanday yaratildi va bu qancha vaqt oldi?
O‘zbek tilidagi Alisa ustida ish taxminan to‘qqiz oy oldin boshlangan. Muhandislar jamoasi o‘zbek tilidagi materiallar asosida maxsus til modeli yaratishdi. Jarayon bir nechta bosqichda kechdi — avval Alisaga nutqni taniy olish, o‘zbekchani boshqa tillardan farqlashni o‘rgatish, so‘ngra so‘rovlarni qayta ishlash va javoblarni to‘g‘ri shakllantirish o‘rgatildi.
Modelni yangi tilga o‘rgatish jarayoni
Birinchi navbatda jamoamiz katta ma’lumot to‘plamini shakllantirishdi: minglab suhbatlar va yuzlab soatlik o‘zbekcha ovoz yozuvlari tayyorlandi. Bu ma’lumotlarni 100 dan ortiq mutaxassis belgilab chiqdi, tajribali muharrirlar va filologlar esa javoblarning grammatik to‘g‘riligi va mazmundorligini ta’minladi. Asessorlar — ya’ni testlovchi xodimlar — har kuni Alisani sinovdan o‘tkazib, uning grammatikasi, intonatsiyasi va aksentlariga e’tibor berib baholaydilar.
Filologlar va muharrirlar qanday ishlashdi?
Alisani o‘zbek tiliga o‘rgatish jarayonida filologlar va muharrirlar asessorlar tayyorlagan ma’lumotlarni tahlil qilib, so‘rovlar bazasini tozalash va eng yaxshi javob variantlarini tanlash bilan shug‘ullangan. Ular grammatik xatolarni tuzatib, begona atamalarni chiqarib tashlagan va kontekstga moslikni ta’minlashgan. Masalan, “Yandex” deb talaffuz qilingan joylar “Yandeks” deb to‘g‘rilangan. Shu orqali dialoglar sifati oshdi va Alisa aralash tildagi so‘zlashuvlarni ham yaxshi tushunadigan bo‘ldi.
O‘zbek Alisasining ovozi qanday yaratilgan?
Bizning jamoamiz Alisani so‘zlovchi ovoz dublyaj aktrisasi yordamida yaratdi. U bilan ikki tilda — o‘zbek va ruscha — 40 soatdan ortiq material yozib olindi. Aktrisa har ikki tilni erkin biladi, shuning uchun Alisaning tillar orasidagi o‘tishi tabiiy va uyg‘un eshitiladi.
O‘zbekcha Alisadan nimalarda foydalanish mumkin?
Alisa kundalik hayotda turli ishlaringizni yengillashtiradi: oshxonada pishirish paytida taymer qo‘yish, retsept so‘rash yoki bolalarni ertak bilan qiziqtirish mumkin.
U ob-havo haqida ma’lumot beradi, dam olish kuni qayerga borishni tavsiya etadi yoki madaniyat, tarix, kitob va musiqa haqida suhbatlasha oladi. Aytgancha, eng ko‘p so‘raladigan funksiya — musiqa eshitish. Ulug‘bekning aytishicha, u ko‘pincha Alisadan Yandex Music’dagi “Mening to‘lqinim” pleylistini yoqishni so‘raydi. U jamoaviy emas, shaxsiy musiqa tavsiyalaridan tuzilgan pleylistni ishga tushiradi.
Bolalar uchun esa Alisa o‘zbekcha ertaklar jamlangan pleylistni yoqib beradi. Maktab yoshidagi bolalar u orqali o‘zbek shoirlari haqida bilishlari, tarixiy faktlarni aniqlash yoki qoidalarni tushunishlari mumkin.
“Aqlli uy"da Alisaning imkoniyatlari
Alisa “aqlli uy” tizimi bilan bog‘lanib, turli gadjetlarni boshqarishi mumkin. Masalan, “Alisa, chiroqni yoq” yoki “Changyutgichni o‘chir” kabi buyruqlar orqali yoritish tizimi va maishiy uskunalarni boshqarish mumkin. Foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ssenariylarini ham yaratishlari mumkin — masalan, men “ziyofat” ssenariysini yaratdim: ishdan keyin Alisa sevimli musiqamni qo‘yib, yoritishni moslaydi. Yoki uydan chiqish oldidan “Alisa, men ketyapman” desam, Alisa barcha yoritish uskunalarini o‘chirib, robot-changyutgichni ishga tushiradi.
Yandex Uzbekistan’ning kelgusidagi rejalari
Alisani o‘zbek tilida o‘qitish ishi rasman ishga tushgandan keyin ham davom etmoqda: foydalanuvchilar qancha ko‘p so‘zlashsa, u shuncha aniq va tabiiy javob bera boshlaydi. Bizning baholovchilarimiz esa doimiy ravishda ma’lumotlarni yangilab, javoblarning sifatini oshirib borishadi. Shuningdek, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari ham biz uchun juda qimmatli — ular orqali Alisa yanada yaxshilanib boradi.
Alisadan o‘zbek tilida qanday foydalanish mumkin?
Alisa o‘zbek tilida nafaqat yangi, balki avval sotib olingan quyidagi qurilmalarda ham ishlaydi: Stansiya Layt, Mini, Layt/Mini soatli, Midi, Stansiya 2, Strit va Maks.
Buni yoqish uchun “Aqli uy” ilovasini oching, “Virtualniy assistent” bo‘limiga kiring, “Yazik assistenta"ni tanlang va “O‘zbekcha + Russkiy” parametrini faollashtiring.
IT sohasida ishlamoqchi bo‘lganlar uchun foydali maslahatlar
“Menimcha, muvaffaqiyat — 10% motivatsiya va 90% intizom. Shuning uchun asosiy maslahatim — intizomni rivojlantiring. Sport buning uchun eng yaxshi vosita: men yugurish bilan shug‘ullanaman, 60 dan ortiq musobaqada qatnashganman, hatto 50 km ultramarafonni ham bosib o‘tganman. Hozir Ironman musobaqasiga tayyorgarlik ko‘ryapman. Shuningdek, xalqaro darajadagi triatlon hakami va yirik yugurish tadbirlari tashkilotchisiman. Bu turmush tarzi nafaqat jismoniy sog‘lomlikni, balki maqsadga yo‘naltirilganlikni ham ta’minlaydi”, — deydi Ulug‘bek.
Reklama huquqlari asosida.