17-oktabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

1 gramm oltin 1 mln 760 ming 130 so‘mga baholanmoqda. 5 grammlik o‘lchovli quyma 8 mln 801 ming so‘mdan sotilmoqda.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 8 mln 801 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 17 mln 601 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 35 mln 203 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 88 mln 7 ming so‘m;
  • 100 gramm oltin quyma narxi 176 mln 13 ming so‘mni tashkil qiladi.

Mahalliy bozorda qimmatbaho metall narxi yil boshidan buyon 44-marta yangi rekord darajasiga ko‘tarildi. Shu davr mobaynida uning narxi 55,45%ga oshdi, bu esa yillik o‘sish ko‘rsatkichidan ham yuqori bo‘ldi — 2024-yil oktabridan boshlab narxlar 55,06% ga ko‘tarilgan.

17-oktabr kuni oltinning jahon kotirovkalari troya unsiyasi uchun $4300 dan oshdi.

Xabar nashr qilinayotgan vaqtda oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun $4381,76ni tashkil qildi.

markaziy bank, oltin, oltin quymalar

Goldman Sachs Group Federal zaxira tizimining mustaqilligiga putur yetgan taqdirda, oltin narxi bir unsiya uchun qariyb $5 minggacha ko‘tarilishi mumkinligini bashorat qilmoqda.

Bank tahlilchilari, hatto g‘aznachilik obligatsiyalaridan oltinga o‘tkaziladigan aktivlarning oz miqdori ham qimmatbaho metall narxining sezilarli darajada oshishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda.


Avvalroq Spot O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor $50 mlrddan oshgani haqida yozgandi. Oltin zaxiralari ham bir oyda $40,06 mlrdga yetib, qiymat jihatidan rekordni yangiladi.