Amazon bolalar uchun pulli virtual tibbiy xizmatni ishga tushiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tibbiy xizmat 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Xabarlar orqali tashriflar narxi $29 dan, video-maslahatlar esa $49 dan boshlanadi.
Bu tibbiy xizmat sug‘urta yoki One Medical a’zoligini talab qilmaydi va konyunktivit, bit hamda ekzema, hasharot chaqishlari, kontakt dermatiti, zamburug‘li toshmalar kabi 10 dan ortiq teri kasalliklarini davolashda yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, xizmat EpiPen va astma dorilarini yangilash xarajatlarini ham qoplaydi.
2024-yilda Amazon kattalar uchun pulli virtual tibbiy xizmatni taklif qila boshladi.
“Ushbu xizmat oilaning o‘z farzandi pediatri bilan munosabatlarini almashtirish uchun mo‘ljallanmagan, balki shoshilinch muammolarga duch kelgan va One Medical a’zoligi orqali so‘rovga hali ega bo‘lmagan ota-onalar uchun „oraliq“ lahzalar uchun qulay variantdir”, — dedi tibbiyot fanlari doktori, oilaviy shifokor va Amazon One Medical milliy tibbiyot direktori Natasha Bhuyan press-relizda.
Bu qadam Walgreens, CVS va Walmart kabi kompaniyalar o‘zlarining chakana tibbiy xizmatlarini qisqartirayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda.
O‘tgan hafta Amazon Los-Anjelesdan boshlab One Medical klinikalarida retsept bo‘yicha dori-darmonlarni sotish avtomatlarini ishga tushirdi.
Do‘konlarda antibiotiklar, ingalyatorlar va arterial gipertenziyani davolash uchun dori-darmonlar kabi tez-tez yoziladigan dori-darmonlarning keng tanlovi mavjud.
Yangi do‘konlar shundoq ham qiyinchilikka duch kelayotgan an’anaviy dorixona tarmoqlari faoliyatini izdan chiqarishi mumkin.
Masalan, Rite Aid yaqinda qolgan barcha dorixonalarini, CVS 2021-yildan beri 1000 dan ortiq, Walgreens esa o‘tgan yil davomida 500 ta dorixonani yopdi.
Avvalroq Spot Amazon O‘zbekistonda sun‘iy yo‘ldosh internet xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligi haqida yozgandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi Amazon bilan mamlakatda sun‘iy yo‘ldosh internetini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi.
