Toshkentning to‘rtta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.
21-oktabr kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
- Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — “Toshkent” MFY;
- Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 09:00 dan 17:00 gacha) — “Alisherobod”, “Ijodkor”, “Zakovat”, “Jasorat”, “Iqtidor” va “Chingeldi” MFYlari;
- Sergeli tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) — “Qutbaraka” MFY;
- Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) — “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor” va “Botirma” MFYlari.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Avvalroq Spot O‘zbekiston yil boshidan Xitoyga gaz yetkazib berishni 40% ga oshirgani haqida yozgandi.
Sakkiz oyda Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 27,9% ga — $885,9 mlngacha kamaydi. Bu ketma-ket ikkinchi oy qisqarishdir.