Telegramda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Stories (hikoyalar)da jonli efirlarni ishga tushirish mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, bu funksiya Telegram Beta for iOS 12.2 da paydo bo‘ldi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar funksiyasi “Hikoyalar” bo‘limi orqali cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun mavjud, deb xabar berdi Telegram Info.

jonli efir, stories, telegram

Shuningdek, jonli efir kuzatuvchilari o‘z sharhlarini yulduzlar (stars) to‘lab qadab qo‘yishlari mumkin bo‘ladi: vaqt, matn uzunligi va emoji’lar soni qancha sarflaganingizga bog‘liq.

Masalan, 50 ta “yulduz” uchun 80 ta belgidan iborat izohni 2 daqiqaga mahkamlash mumkin, deb yozdi Kod Durova. 280 ta belgidan iborat 30 daqiqalik fikrni 5000 ta “yulduz"ga biriktirish mumkin.

Foydalanuvchilar tomonidan sarflangan yulduzlarni kim olishi — strim yoki platforma muallifi hali aniq emas.

Ushbu funksiya hozirda ishlab chiqilish bosqichida bo‘lib, faqat sinov serverida ishlaydi. Kelajakda uning ishlash xususiyatlari o‘zgarishi mumkin.


Avvalroq Spot Telegram Qozog‘istonda o‘z ofisini ochgani haqida yozgandi. Kompaniya ofisi Astana Hub texnoparkida joylashadi.