E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 21-oktabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 060,15 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 17-oktabr kuni belgilangan 12 108,24 so‘m qiymatga nisbatan 48 so‘m 9 tiyinga pasaydi.
7-oktabr kuni sotish kursi banklarda 12 120 so‘mdan 12 000 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 030 so‘mdan 11 965 so‘mgacha yetdi.
Markaziy bank almashuv kursini shakllantirish siyosatini biroz o‘zgartirib, uning moslashuvchanligini oshirdi. Regulyator boshqaruvi raisi Timur Ishmetov bu bozor ishtirokchilarida kutilmalarning to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
O‘zbek so‘mi ketma-ket beshinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanmoqda. Sentabrda milliy valyuta 414 so‘mga, yil boshidan buyon esa 852 so‘mga qimmatlashgan. Dollar kursi 2023-yil avgustidan beri eng past darajaga tushdi.