Mazkur mobil ilova yordamida birja a’zolari, sotuvchi va xaridorlar o‘z faoliyatini yanada qulay va tezkor tashkil etishlari mumkin. Bu esa nafaqat vaqt va resurslarni tejash, balki savdo jarayonining samaradorligini ham oshirishga xizmat qiladi.
Mobil ilova veb-versiyaning to‘liq analogi bo‘lib, unda barcha birja operatsiyalarini amalga oshirish mumkin, jumladan:
- ro‘yxatdan o‘tish;
- tovarlarni savdoga qo‘yish va sotib olish;
- real vaqt rejimida savdolarda ishtirok etish;
- shartnomalarni rasmiylashtirish;
- savdolar natijalari va statistika ma’lumotlarini kuzatish;
- shaxsiy kabinet va xabarlar;
- hisob-kitob va boshqa xizmatlar.
ebirja.uz mobil ilovasini ishlab chiqishdan maqsad — zamonaviy texnologiyalar orqali mijozlarga birja savdolarida oson ishtirok etishlarini ta’minlash, birjaning barcha xizmatlaridan foydalanishni yanada qulay va samarali qilishdir.
Ilovani Android va iOS operatsion tizimlari uchun yuklab olish mumkin.
“ebirja.uz — biz bilan har bir bitim ishonchli va muvaffaqiyatli”.
Telefon: (+998) 55−510−33−11.
Manzil: Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 39-uy.
Sayt: ebirja.uz
Facebook: fb.com/ebirjauz
Instagram: @ebirja_uz
Telegram: t.me/ebirja_uz
LinkedIn: linkedin.com/ebirja_uz
Reklama huquqlari asosida.