Fintech Association of Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan forumda 10 mamlakatdan 300 dan ortiq ishtirokchi va 40 dan ziyod spiker qatnashdi. Muhokama mavzulari orasida bank sektorining raqamlashtirilishi, kriptoaktivlar bo‘yicha tartibga solishning rivojlanishi hamda transchegaraviy to‘lovlar masalalari muhim o‘rin tutdi.

asterium, reklama

Mazkur mukofot Asterium kompaniyasining kriptoaktivlar bilan ishlash uchun xavfsiz va shaffof ekotizim yaratishdagi hissasini e’tirof etadi. Tadbir homiysi sifatida kompaniya professional muloqotda faol ishtirok etdi. “Crypto & Compliance: Building a Secure Market in Uzbekistan” nomli panel muhokamasi doirasida Asterium kompaniyasining MLRO’si Yelena Kim Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (NAPP) talablariga muvofiqlik bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

asterium, reklama

“Bu mukofot — moliyaviy texnologiyalarni xavfsiz va qulay qilayotgan jamoamiz innovatsiyalarining e’tirofi. Biz Fintech Association bilan hamkorligimizdan faxrlanamiz va O‘zbekistonda qonuniy kriptoaktivlar bozorini rivojlantirishda davom etamiz”, — dedi MLRO Asterium Yelena Kim.

Forum doirasida Asterium “Asterium nima?” nomli vorkshop o‘tkazdi. Unda 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Sessiyani Asterium’ning Project Manager Vladislav Kirchanov olib bordi. Ishtirokchilar platformaning tartibga solish jihatlarini hamda HUMO/VISA asosidagi kriptokartaning afzalliklarini muhokama qildi — tezkor to‘lovlar, kriptoaktivlar bilan integratsiya va qulay interfeys.

asterium, reklama

“Asterium vorkshopi foydalanuvchilar hayotini qanchalik soddalashtirayotganini ko‘rsatdi. Bu — O‘zbekiston raqamlashtirilishiga bizning hissamiz”, — ta’kidladi Vladislav Kirchanov.

Forum doirasida 50 dan ortiq ishtirokchi Asterium kartalarini bepul oldi. Mehmonlardan biri shunday dedi:

“Bu — yutuq. Endi men kriptoaktivlardan kundalik hayotimda osongina foydalanishim mumkin”.

FinTech & Banking Forum 2025 20-oktabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi va yana bir bor O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi yetakchi fintex-markazlardan biri sifatidagi o‘rnini tasdiqladi.

Asterium — 2025-yil mart oyida olingan litsenziyaga ega platforma, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kriptoaktivlarni almashish, saqlash va sotib olish xizmatlarini ko‘rsatadi.

Manzil: Toshkent shahri, Said Baraka ko‘chasi, 12A.

E-mail: info@asterium.uz
Sayt: asterium.uz
Instagram: @asteriumwallet
Telegram: t.me/asterium
Telegram: t.me/asterium_help

Reklama huquqlar asosida.