Erkinlik harakatdan boshlanadi. Har kimning o‘z orzusi bor — kimdir dunyoni zabt etishni, kimdir esa shunchaki megapolis ritmida ko‘p narsalarga ulgurishni xohlaydi. Bugungi kunda avtomobil — bu hashamat emas, balki vaqtni tejaydigan, qulaylik va mustaqillik baxsh etuvchi zaruratdir.

InfinBANK UzAutoMotors bilan hamkorlikda mashhur Chevrolet modellari uchun yangi foizsiz avtokredit dasturini e’lon qiladi. Endi yangi Onix, Tracker yoki Damas avtomobillarini xarid qilish har qachongidan ham osonroq.

Yangilangan, moslashuvchan kredit shartlari bilan ortiqcha to‘lovlarsiz, faqat avtomobil xarid qilib, oylik to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Avtomobil xaridi yanada foydali va qulay bo‘ladi. Hech qanday foiz stavkalari yo‘q — yillik 0% va yangi avtomobil kalitlari mijozlar qo‘lida.

Chevrolet Onix krediti shartlari:

  • foiz stavkasi: 0%;
  • boshlang‘ich to‘lov: 25% dan 50% gacha;
  • kredit shartlari: 30 oydan 60 oygacha.

Chevrolet Tracker avtomobil krediti shartlari:

  • foiz stavkasi: 0%;
  • boshlang‘ich to‘lov: 25% dan 60% gacha;
  • muddati: 30 oydan 60 oygacha.

Damas avtomashinasini xarid qilish shartlari:

  • foiz stavkasi — 0% dan 18,5% gacha;
  • boshlang‘ich to‘lov — 25% dan;
  • muddati — 60 oygacha.

Ushbu aksiya O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab InfinBANK’ning barcha filiallarida amal qiladi. InfinBANK va UzAuto Motors’dan mazkur yangi taklif — orzuni haqiqatga aylantirish uchun ajoyib imkoniyat.

“Yillik foiz stavkasiz avtomobil xarid qilish imkoniyatini taqdim etayotganimizdan mamnunmiz. Biz eng qimmatli boyligimiz bo‘lgan InfinBANK mijozlari uchun mahsulotlarimizni yanada takomillashtirish ustida ishlamoqdamiz”, — deydi chakana kreditlash departamenti direktori Anvar Karaxonov.

Batafsil ma’lumotni InfinBANK bo‘limlarida yoki 1214 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olish mumkin.

“InfinBANK — yo‘ldagi ishonchli hamkoringiz”.

Reklama huquqlari asosida.