Ilon Mask sun’iy intellekt sabab yaqinda odamlarning ishlashiga hojat qolmasligi haqida gapirdi.
Tesla kompaniyasi asoschisining aytishicha, yaqin kelajakda SI va robotlar barcha ish o‘rinlarini egallaydi.
Maskning ta’kidlashicha, “kelajakda ish qilish, xuddi sabzavotlarni do‘kondan sotib olish o‘rniga o‘zingiz yetishtirish kabi, majburiy bo‘lmay qoladi”.
https://twitter.com/elonmusk/status/1980765809338147193
Avvalroq Britaniyada sun’iy intellekt jurnalist boshlovchilik qilgan film namoyish etilgani haqida xabar berilgandi.
Channel 4 telekanali vakili Luiza Kompton bu tajriba puxta rejalashtirilganini, ammo doimiy amaliyotga aylanmasligini ta’kidladi.
Texasdagi maktablardan birida esa barcha o‘qituvchilar SIga almashtirilgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, endi darslarni neyron tarmoqlar o‘tishmoqda va har bir o‘quvchiga maxsus yondashishmoqda.
Shuningdek, AQShda ChatGPT tufayli advokatlardan voz kechish boshlangani haqida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, AQShda tobora ko‘proq odamlar sudda o‘zini chat-botlar yordamida mustaqil himoya qilishmoqda.
Avvalroq Spot Ilon Mask Teslani tark etish bilan tahdid qilayotgani haqida yozgandi.
Mask $1 trlnlik mukofot paketini olmasa, Tesla bosh direktori lavozimidan ketishi mumkinligini aytdi.