O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ikki kunlik o‘sishdan keyin pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 117,35 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 11 so‘m 98 tiyinga tushdi.
Ikki kunda dollar kursi 118 so‘mga oshib, 12 129,33 so‘mni tashkil etgandi. 24-oktabr kuni sotish kursi banklarda 12 130 so‘mdan 12 493 so‘mgacha belgilandi. Sotib olish narxi esa 11 765 so‘mdan 12 110 so‘mgachani tashkil etadi.
O‘zbek so‘mi ketma-ket beshinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanib, sentabrda milliy valyuta 414 so‘mga, yil boshidan buyon esa 852 so‘mga qimmatlashgan. Dollar kursi 2023-yil avgustidan beri eng past darajaga tushdi.
To‘qqiz oyda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari $13,9 mlrdga yetdi. Natijada, ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24% ga o‘sdi. Shunga qaramay, transfertlar hajmida ketma-ket ikkinchi oy pasayish kuzatildi.
Bundan tashqari, bu davrda mamlakat ichki bozorida xorijiy valyutaga talab 23,5% ga oshib, $42,67 mlrd, taklif esa 24% ga oshib, $34,4 mlrdga yetdi. Aholi banklarga xaridga nisbatan $6,7 mlrddan ortiq valyuta sotdi.
Avvalroq Spot Markaziy bank sentabr oyi holatiga inflyatsiya ko‘rsatkichlari infografigini e’lon qilgani haqida yozgandi.
