E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.
Markaziy bankning 28-oktabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 053,46 so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 24-oktabr kuni belgilangan 12 117,35 so‘m qiymatga nisbatan 63 so‘m 89 tiyinga pasaydi.
28-oktabr kuni sotish kursi banklarda 12 110 so‘mdan 12 060 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 020 so‘mdan 11 995 so‘mgacha yetdi.
Markaziy bank almashuv kursini shakllantirish siyosatini biroz o‘zgartirib, uning moslashuvchanligini oshirdi. Regulyator boshqaruvi raisi Timur Ishmetov bu bozor ishtirokchilarida kutilmalarning to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
O‘zbek so‘mi ketma-ket beshinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanmoqda. Sentabrda milliy valyuta 414 so‘mga, yil boshidan buyon esa 852 so‘mga qimmatlashgan. Dollar kursi 2023-yil avgustidan beri eng past darajaga tushdi.
