O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 004,47 so‘m etib belgiladi. Bir kunda kurs 48 so‘m 99 tiyinga arzonlashdi.
Bu kurs keskin ko‘tarilgan 2023-yil 10-avgustdan beri eng past ko‘rsatkichdir. Dollar joriy oyda ikki marta o‘sha paytdan beri qayd etilgan minimal qiymatlarni yangiladi. 6-oktabr kuni kurs 12 022 so‘mga, 21-oktabrda esa 12 011 so‘mga tushgandi.
Banklar dollarni 12 060 — 12 110 so‘mdan sotgan bo‘lsa, eng past kurs (12 055 so‘m) Asia Alliance Bank, Davr Bank, Poytaxtbank va Kapitalbank’da qayd etildi. Asia Alliance Bank va Infinbankda xarid kursi 11 945 so‘mdan boshlanib, maksimal 11 980 so‘mgacha yetadi.
Avvalroq Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov so‘m mustahkamlanishi tashqi qarzga xizmat qilish xarajatlarini qisqarganini maʼlum qilgandi: davlat tashqi qarzi bo‘yicha 1,3 trln so‘m, korporativ qarz bo‘yicha esa 3,6 trln so‘mlik mablag‘lar tejalgan.
