Ilon Mask Wikepedianing analogi bo‘lgan Grokipediani ishga tushirdi. Bu haqda vc.ru nashri xabar berdi.

Grokipedia sayti allaqachon faoliyat yuritmoqda. Saytning o‘z ma’lumotlariga ko‘ra, ensiklopediyada 885 mingdan ziyod maqola joylashtirilgan.

Business Insider tahlilchilari ta’kidlashlaricha, taqqoslash uchun Wikipediada ingliz tilida 7 mlndan ortiq maqola bor.

Bosh sahifada faqatgina qidiruv satri mavjud bo‘lib, unga foydlanuvchi o‘zini qiziqtirgan so‘rovni kiritishi kerak. Matn kiritish jarayonida algoritm so‘rovlarning ehtimoliy variantlarini taklif etadi.

Tasdiqlangandan so‘ng, sayt o‘tish mumkin bo‘lgan bir nechta maqola variantlarini taklif etadi. Tanlangan maqolaga o‘tgach, qiziqtirgan ma’lumotlarni o‘qish mumkin.

Wikipediadan farqli o‘laroq, matnlarda rasmlar mavjud emas. Tuzatishlaring kiritish imkoni yo‘q, biroq ularning mavjudligini tekshirib ko‘rish mumkin. Ammo kim taklif qilgani ko‘rsatilmaydi.

Ma’lumotni neyron tarmoqlar yaratadi. NYT taxmin qilishicha, bu Grok chat-boti ishlaydigan modelga asoslangan. Nashr, shuningdek, saytning uzilishlar bilan ishlayotganini va matnlarda xatolar uchrayotganini ta’kidlagan.

The Verge’ning yozishicha, maqolalarda Grok “ularning ishonchliligini tekshirdi” deb ko‘rsatilgan. Nashrning ta’kidlashicha, ba’zi ma’lumotlar Vikipediyadan olingan: masalan, Playstation 5 haqidagi maqolalar Vikipediyada ham, Grokipediyada ham bir xil.

grokipedia, ilon mask, wikipedia

Oktabr oyi boshida Ilon Mask senzurasiz va maqola mualliflari manbalarni tanlashda cheklovlarsiz bo‘lgan Wikipediani ishga tushirishni va’da qildi.

Onlayn kutubxona Grokipedia (Grok va Wikipedia so‘zlaridan olingan) deb nomlanadi. Milliarder bu loyiha haqida o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Tadbirkor uning Grokipediyasi maqolalarga nisbatan kamroq talablar va kengroq resurslar va manbalar to‘plamiga ega bo‘lishini va’da qilmoqda. Mask yangi kutubxonaning qachon ishga tushirilishini aytmadi.

2023-yilda Ilon Mask Wikipedia nomini o‘zgartirish uchun milliard dollar taklif qilgandi. Milliarder agar onlayn ensiklopediya nomini Dickipedia deb o‘zgartirsa xayriya qilish taklifini aytib o‘tgandi.