YouTube layk uchun yangi animatsiyalarni qo‘shdi. Tugma endi foydalanuvchiga yoqqan kontent turiga moslashadi.
Hazilomuz videolar ostidagi laykni bosgilganida, kulayotgan smaylik paydo bo‘ladi. Ta’lim, sayohatlar, musiqa va basketbol haqidagi videolar ostida esa chiroq yonadi, notalar “jaranglaydi”, samolyot uchadi, to‘p sakraydi. Bu animatsiyalarni dasturchi Andreas Storm to‘plagan.
Umumiy 20 xil turdagi animatsiyalar qo‘shildi, hatto mushuklar haqidagi videolar uchun ham maxsus animatsiyani qo‘shishdi.
YouTube 2025-yilning oktabr oyida o‘z interfeysini yangilashga kirishdi. Xususan, pleyer yarim shaffof, yumaloq burchakli tugmalar bilan jihozlandi.
Dizlayk tugmasi avvalgidek qoldi. 2021-yildan boshlab salbiy baholar soni ko‘rsatilmaydigan bo‘ldi. Bu qarorni xizmatning hamta’sischisi Javed Karim tanqid qilgan edi.
Sentabr oyi oxirida YouTube videolar oxiridagi tavsiyalarni yashirish imkoniyatini qo‘shgandi.
Ma’lum qilinishicha, tavsiyalar oynalarini olib tashlash uchun oxirgi titrlarda pleyerning yuqori o‘ng burchagidagi “Yashirish” tugmasini bosish kerak. Shu tugma orqali o‘zgarishlarni bekor qilish ham mumkin.
Xizmat yangilanishni foydalanuvchilarning tavsiyalar ba’zan video oxiridagi kontentning bir qismini yopib qo‘ygani haqidagi shikoyatlari bilan izohladi. Shu bilan birga, mualliflar hali ham videolarga oxirgi belgilarni qo‘shishlari mumkin.
YouTube’ning veb-versiyasidan kursor kanalning suv belgisiga olib borilganda paydo bo‘ladigan “Obuna bo‘lish” tugmasi ham olib tashlandi.
Xuddi shu funksiyani pleyer ostida joylashgan tugma ham bajaradi, deya tushuntirdi xizmat.
Shuningdek, YouTubeda videolarga bir nechta ovoz yo‘li qo‘shish funksiyasi taqdim qilgani haqida xabar bergandi.
Qayd etilishicha, foydalanuvchilar ovoz yo‘llarini video sozlamalaridan “Audio Track” tanlovi orqali tanlab olishlari mumkin.
Avvalroq Spot YouTube surat va matndan Shorts yaratish uchun SI vositalari qo‘shishi haqida yozgandi.
Endi foydalanuvchilar atigi bitta rasm yoki matndan video roliklar yaratishlari, shuningdek, murakkab video effektlarni qo‘llashlari mumkin.
