Superilovaning asosiy yo‘nalishlaridan biri — hambi davo telemeditsina xizmati. Oson Apteka bilan integratsiya tufayli foydalanuvchilar kerakli dori vositalarini tezda topish, narxlarni solishtirish va eng yaqin dorixonani tanlashi mumkin. Med24 hamkorlari orqali esa tibbiy ko‘riklarga yozilish, tahlil natijalarini qulay formatda olish hamda qaysi shifokorga murojaat qilish kerakligini ko‘rsatib beruvchi AI-konsultantdan foydalanish imkoniyati mavjud. Shu tariqa hambi jamoasi tibbiy xizmatlarning to‘liq jarayonini — dastlabki maslahatdan boshlab dori xaridigacha — yagona qulay ekotizimda birlashtirmoqda. Ishga tushirilganidan buyon hambi davo xizmati bilan butun O‘zbekiston bo‘ylab 700 mingdan ortiq foydalanuvchi foydalanib kelmoqda.
hambi ishlab chiquvchilari superilovaga sun’iy intellekt xizmatlarini joriy etmoqda. Masalan, foydalanuvchilarga Multichat — Chat GPT, Gemini, Grok kabi ilg‘or AI-modellar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi chat, shuningdek, FoodME — shaxsiy ovqatlanish bo‘yicha yordamchi taqdim etilgan. Bundan tashqari, hambi ingliz tilini o‘rganishga mo‘ljallangan Speaklish AI-yechimini ham yaratdi — u o‘yin tarzida, dunyoning istalgan nuqtasidan til o‘rganish imkonini beradi. Bu yechimlardan allaqachon 55 mingdan ortiq foydalanuvchi foydalangan.
“Biz hambi’ni moliya, tibbiyot, ta’lim va sun’iy intellekt kabi asosiy raqamli sohalarni birlashtiruvchi superilova sifatida rivojlantirishda davom etamiz. Maqsadimiz — foydalanuvchilarga barcha vazifalarini bir nechta teginish orqali hal etish, shuningdek, ular katta shaharda yoki olis qishloqda yashashidan qat’i nazar, teng imkoniyatlarga tez va qulay kirish huquqini ta’minlash”, — dedi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish mahsulotlarini rivojlantirish bo‘limi rahbari Omon Ismoilov.
hambi superapp — raqamli xizmatlar va ulanish imkoniyatlarining to‘liq spektrini bitta ilovada jamlaydigan sun’iy intellekt asosidagi innovatsion platforma. Ilova O‘zbekistonning barcha mobil aloqa foydalanuvchilari uchun ochiq. Superilovada hambi davo — onlayn tibbiy maslahat xizmati, hambi auto — avtomobil sug‘urtasiga kirish imkoniyati kabi funksiyalar mavjud. Shuningdek, unda raqamli marketpleys, sayohat, ko‘ngilochar, TV, fintex va o‘yin xizmatlari ham taqdim etilgan.
hambi superapp ilovasini App Store va Google Play orqali bepul yuklab olish mumkin. Ilova O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari abonentlari uchun mavjud.
Sayt: hambi.uz
 Instagram: @hambi_superapp
 Telegram: t.me/hambi_superapp
LinkedIn: linkedin.com/hambi-superapp
Reklama huquqlari asosida.
                                            
                    
                        
											
											
											
											
											
											
											
                            