O‘zbekistonlik elektrik mutaxassislar Janubiy Koreyada joylashgan kemasozlik korxonasida ishlash uchun taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Ish o‘rni Workmall xususiy bandlik agentligi tomonidan taqdim etilmoqda. Bu yo‘nalish bo‘yicha 50 nafar ishchi doimiy mehnat shartnomasi asosida ishga olinadi

Ishchilar oyiga 264 soat ishlaydi, qo‘shimcha ishlangan har bir soat uchun esa alohida haq to‘lanadi. Oylik maosh 2,57 mln vonni (taxminan $1750) ni tashkil etadi.

Nomzodlar 22−35 yosh oralig‘ida, xorijga chiqish pasportiga hamda soha bo‘yicha bakalavr yoki undan yuqori darajadagi diplomga ega bo‘lishlari kerak.

Shuningdek, bu yo‘nalishda kamida bir yillik rasmiy ish tajribasi hamda sudlanmaganlik to‘g‘risida ma‘lumotnoma taqdim etish talab qilinadi.

Saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlar koreys tilini bilishi yoki uni qisqa muddatli kursda o‘rganishi kerak bo‘ladi. Ish beruvchi xodimlarni bepul turar joy hamda ish vaqtida bir mahal ovqat bilan ta‘minlanadi.

Nomzodlar “Xorijda ish” platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Havola bu yerda.

Agentlik mehnat shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchi bilan tuzilishini eslatdi. Workmall xususiy bandlik agentligi faqat vositachilik vazifasini bajaradi. “Ishga joylashish mutlaqo ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

Spot, avvalroq, Koreya o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishlarga qabul qilishni qayta tiklashi mumkin.