2024-yil boshidan buyon O‘zbekistonda har to‘rtinchi chiqindi poligoni yopildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Agentlik huzuridagi Poligonlarni boshqarish direksiyasi tasarrufiga o‘tkazilgan 185 ta obyektdan 47 tasi rekultivatsiya qilindi. Ular Qoraqalpog‘iston va yana 8 ta viloyatda joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 162 gektardan ortiq edi.

2024-yilda vazirlik 27 ta poligonni tuproq qatlami bilan yopdi:

  • Qoraqalpog‘istonda — 1 ta poligon (11 gektar);
  • Andijon viloyatida — 6 ta poligon (14,90 gektar);
  • Buxoro viloyatida — 1 ta poligon (0,50 gektar);
  • Qashqadaryo viloyatida — 5 ta poligon (19,15 gektar);
  • Namangan viloyatida — 3 ta poligon (5,38 ga);
  • Samarqand viloyatida — 1 ta poligon (2,40 gektar);
  • Toshkent viloyatida — 3 ta poligon (9,58 ga);
  • Farg‘ona viloyatida — 6 ta poligon (17,11 ga);
  • Xorazm viloyatida — 1 ta poligon (1 ga).

2025-yilda 81,68 gektar maydondagi 18 ta poligonda chiqindilarni rekultivatsiya qilish va tuproq qatlami bilan yopish ishlari rejalashtirilgan. Hozir ular allaqachon yakunlangan.

42 ta poligon butunlay faoliyatini to‘xtatdi, 90 gektar yer esa “tabiatga qaytarildi”. Ulardan biri Jizzax viloyatining Baxmal tumanida joylashgan bo‘lib, shu yoz faslida yopilgan poligon edi.

Shavkat Mirziyoyev mart oyida chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida farmon qabul qilgan edi. 2030-yilgacha chiqindi poligonlarini 50% ga qisqartirish maqsad qilingan bo‘lib, buning uchun ular negizida chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha sanoat zonalari tashkil etiladi. Bunday sanoat zonasida investitsiya loyihasining qiymati kamida $3 mlnni tashkil etishi kerak.

Shu bilan birga, prezident O‘zbekistonning oltita viloyatida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish majmualarini qurish loyihalarini tasdiqlagan edi. Korxonalar loyihalari davlatimiz rahbariga 2024-yil oktabr oyida taqdimot qilingan edi.


Avvalroq Spot Samarqandda birinchi yer osti chiqindi saqlash majmuasi qurilgani haqida yozgandi.

Ikki metr chuqurlikdagi majmuaga 4 ta maxsus konteyner o‘rnatilgan bo‘lib, ularning sig‘imi 3 metr kub — 550 litrni tashkil etadi.