Qoraqalpog‘istonda tuzni qayta ishlash rivojlantiriladi. Bu haqdagi tegishli qaror prezident tomonidan imzolandi.
Hujjat bilan, Barsakelmes tuz konida 2026-yili kamida $50 mln miqdoridagi investitsiyalar o‘zlashtiriladi. Shuningdek, 2026−2030-yillarda jami $200 mln investitsiyalar jalb qilinadi.
Qo‘ng‘irot tumanidagi Barsakelmes tuz koni hududida chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan Kungrad Salt Free Zone sanoat zonasi tashkil etiladi.
2025−2026-yillarda 50 gektar yer uchastkasida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Kelgusi yillarda zaruratdan kelib chiqib, Sanoat zonasi hududi 200 gektargacha kengaytirib boriladi.
Sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga Nukus erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.
Spot, avvalroq, Qoraqalpog‘istonda qiymati $2 mlrdga yaqin 27 ta loyiha amalga oshirilishi haqida yozgandi.
