Soliq qo‘mitasining “Soliq” mobil ilovasida xavfsizlik bo‘yicha profilaktik tadbirlari yakunlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

4-noyabr kuni soat 18:40 dan boshlab profilaktik tadbirlari amalga oshirilganligi sabab ilova faoliyati vaqtinchalik cheklangandi.

Xavfsizlikdan kelib chiqib, 1-dekabrgacha O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lgan ilova foydalanuvchilari ilovadan vaqtinchalik foydalana olmaydi. Shu bilan birga, shu sanadan boshlab ilovaning eski variantidan foydalanish imkoniyati cheklanadi.

Ilovaning so‘nggi versiyasini iOS qurilmalari uchun App Store‘dan, Android uchun esa Play Market‘dan yuklab olish mumkin.

Qo‘mita keltirilgan noqulayliklar uchun fuqarolar va barcha soliq to‘lovchilardan uzr so‘radi.

Spot, avvalroq, Navoiyda soliq cheki bo‘yicha xatolik sud orqali hal qilingani haqida yozgandi.