Oktabr oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 99 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlandi.

Bunda 22,3 mln kVt soat elektr energiyasi (63,9 mlrd so‘m) va 11,4 mln metr kub tabiiy gaz (35 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida dastlabgi hisob-kitoblarga ko‘ra jami 99 mlrd 15 mln so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 479 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.


Avvalroq Spot Farg‘onada 4,8 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Dang‘ara tumanidagi plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida noqonuniy gaz so‘rgich uskunasi o‘rnatilib foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.