O‘zbekiston va AQSh qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

6-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Vashingtondagi ish safari doirasida AQSH Eksport-import bankirahbari Jon Yovanovich bilan uchrashdi. Muzokaralarda energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, IT va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi yirik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha Eksimbank bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari tayyorlangan qo‘shma dastur asosida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, tomonlar Eksimbankning milliy aviaparkni modernizatsiya qilish va Boeing samolyotlarini yetkazib berishdagi ishtiroki masalasini muhokama qildi. Shuningdek, amaliy hamkorlikni davom ettirish va uzoq muddatli sheriklik rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

aqsh, boeing, investitsiya, prezident, samolyot, shavkat mirziyoyev

Uchrashuv yakunida davlat rahbari ishtirokida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda AQSh Eksimbanki qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi.

Sentabr oyida Uzbekistan Airways Amerika Boeing korporatsiyasi bilan Boeing 787−9 Dreamliner samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha “milliy aviakompaniya tarixidagi eng yirik” shartnomani imzoladi.

Imzolangan “qatʼiy” shartnomaga ko‘ra, 14 ta Boeing 787−9 Dreamliner samolyoti va qo‘shimcha variant sifatida ushbu turdagi 8 ta havo kemasi yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan, ularning dastlabkilari 2031-yilda kelishi kutilmoqda.

Spot, avvalroq, AQSh Senatida Markaziy Osiyo davlatlari uchun Jekson-Venik tuzatmasini bekor qilish taklif etilgani haqida xabar berilgan edi.