Hududiy elektr tarmoqlari matbuot xizmati ayrim elektr hisoblagichlar ortiqcha kilovatt “yozayotgani” haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi.
Ushbu xabarda hisoblagichni tekshirish uchun uydagi barcha jihozlarni o‘chirib, ko‘rsatkich nolga tushishini tekshirish kerakligi aytilgan. Agar ko‘rsatkich nol bo‘lmasa, elektr chiqishi bor va mutaxassisga murojaat qilish kerak.
HET izohiga ko‘ra, ushbu xabar mazmunida mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan hisoblagichning tegishli tugmasi orqali mavjud funksiyalarni iste‘molchi tomonidan aniqlash imkoniyatlari tushuntirilgan.

Iste‘molchilarga o‘rnatilayotgan barcha turdagi hisobdonlar bir necha bosqichli sinov va tekshiruv jarayonlaridan o‘tishi va kamchilik aniqlanganda o‘rnatish hamda sotish uchun chiqarmasligi qat‘iy nazorat qilinishi eslatib o‘tildi.
Shu bois bunday xabarlar asossiz ekanligi ma‘lum qilindi.Iste‘molchilardan hisoblagichlarda elektr energiyasi iste‘moli hisobida qandaydir shubha bo‘lsa tuman, shahar elektr ta‘minoti korxonalariga murojaat qilishi so‘raldi.
Shuningdek, 1154 qisqa raqamli Call-markazi hamda Telegram‘dagi @HET_admin orqali murojaat qilish mumkin.
Avvalroq oktabrda 99 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani haqida xabar berilgandi.
