Kaliforniyadagi San-Xose federal sudiga Amerikaning Google korporatsiyasiga qarshi da’vo arizasi kiritildi. Bu haqda ish materiallariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
U sun’iy intellekt (AI) modeli — Gemini yordamida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy ravishda kuzatishda ayblanmoqda.
Da’voga ko‘ra, Google korporatsiyasi foydalanuvchilarning Gmail va Google Chat ilovalaridagi shaxsiy yozishmalarini, shuningdek Google Meet platformasidagi videokonferensiyalar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash maqsadida Gemini qo‘llab-quvvatlash funksiyasini yashirincha faollashtirgani taxmin qilinmoqda.
Ilgari bu funksiya ixtiyoriy bo‘lib, qo‘lda yoqilgan, biroq oktyabr oyidan boshlab korporatsiya uni “foydalanuvchilarning xabari yoki roziligisiz” faollashtirgan.
Shuni ta’kidlash joizki, Gemini ilovaning maxfiylik sozlamalarida o‘chirib qo‘yilishi mumkin.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Google’ning bu harakatlari Kaliforniya shtatining 1967-yilda qabul qilingan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonuniga zid kelmoqda.
Iyul oyida Google Gemini SI modeliga smartfonlardagi ilovalarga kirishga ruxsat bergani haqida xabar berilgandi.
Bunda sun’iy intellekt modeli smartfondagi tashqi ilovalar, jumladan, messenjerlar, taqvimlar va pochta bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin.
Google Gemini ilovasi yuklab olingan Android qurilmalari egalari uchun integratsiyani yoqdi. Ba’zi smartfonlarda u oldindan o‘rnatilgan va uni o‘chirib bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, kompaniya “inson-taqrizchilar sun’iy intellekt foydalana oladigan ma’lumotlarni o‘qishi va qayta ishlashi"ni ta’kidladi.
Ammo xatda modelga xabarlar, maktublar, jadvallar va boshqa materiallarni tahlil qilishni taqiqlash bo‘yicha yo‘riqnomalar berilmagan.
Foydalanuvchilar “Sozlamalar” bo‘limida veb-versiyada ba’zi ilovalarni model uchun bloklashlari mumkin, lekin bunday holda ham ma’lumotlar 72 soat davomida saqlanib qoladi.
Avvalroq Spot Gemini chat-boti foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni eslab qolishni o‘rganishi haqida yozgandi.
Yangi funksiya yordamida chat-bot foydalanuvchining hayoti haqidagi ma’lumotlarni, uning ishi yoki shaxsiy istaklari haqidagi ma’lumotlarni eslab qolishi mumkin.
