Olimlar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan stressga ishora qilishdi. Bu haqda Science X jurnali xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar Yer yuzi aholisining yarmidan ko‘pi hayotining ajralmas qismiga aylangan va ularning ta’siri yil sayin ortib bormoqda.
Barcha afzalliklarga qaramay, ushbu platformalarda o‘tkazilgan vaqt idrok va his-tuyg‘ularga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, tashvish va stressni keltirib chiqaradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy tarmoqlardan kelib chiqadigan stressni o‘lchash va uni yangi vosita — ijtimoiy stress indikatori yordamida real vaqt rejimida kuzatish usuli mavjud.
U internetda sodir bo‘layotgan voqealarga jamiyatning munosabatini kuzatish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozlar haqida ogohlantirish imkonini beradi.
Kompyuter infodemiyasi bo‘yicha mutaxassis, doktor Xerkulas Kombrink ijtimoiy stress indikatori qanday ishlashini tushuntirdi.
Ijtimoiy stress — insonning ijtimoiy muhiti noaniq, ziddiyatli yoki o‘zgarishlarni talab qiladigan holatga kelganda paydo bo‘ladigan ruhiy taranglikdir.
Bu shaxsiy xavotirlanish emas, balki jamiyatning tengsizlik, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki tez sur’atdagi o‘zgarishlarga ko‘rsatadigan munosabati natijasi hisoblanadi.
Infodemiya (kasallik tarqalishi paytidagi axborot oqimi) sharoitida ijtimoiy stressni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar sifatida noto‘g‘ri ma’lumotlar va noaniqlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Avvalroq Spot Daniyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi haqida yozgandi.
Faqat 13 yoshdan kichik foydalanuvchilar uchun istisno ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda ota-onalarning yozma roziligi talab etiladi.
