Donald Tramp Rossiya bilan hamkorlik qilayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Tramp yakshanba kuni respublikachilar Rossiya bilan biznes olib borayotgan har qanday davlatga nisbatan sanksiyalar joriy etadigan qonun ustida ishlayotganini va Eron bu ro‘yxatga kiritilishi mumkinligini aytdi.

“Bilasizki, men shunday taklifni o‘rtaga tashlagan edim. Shu sababli, Rossiya bilan savdo-sotiq olib boradigan har qanday davlat juda qattiq sanksiyalarga duch keladi”, — dedi Tramp.

Avgust oyida Tramp 8-avgustgacha Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Rossiyaga yangi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgandi.

“Biz sanksiyalar kiritmoqchimiz. Ular Vladimir Putinni xavotirga solyaptimi, yo‘qmi, bilmayman. Lekin ular sanksiya nimaligini bilishadi. Men sanksiya va tariflarni hammadan yaxshi tushunaman. Bu ta’sir ko‘rsatishiga ishonchim komil emas, ammo biz buni amalga oshiramiz”, — deya ta’kidladi Tramp.

Tramp Rossiyaning 31-iyul kuni Kiyevga qarshi uyushtirgan keng ko‘lamli hujumini sharhlayotib, Moskvaning harakatlarini “achinarli” deb baholadi.

U ikki tomon ham jiddiy talafot ko‘rayotganini ta’kidladi, ammo uning aytishicha, Rossiya ko‘proq yo‘qotish bermoqda — haftasiga 7 minggacha harbiy xizmatchi. Bundan tashqari, Putin raketalar otayotgani sababli tinch aholi ham qurbon bo‘lmoqda.

AQSh prezidenti bu mojaro “hech qachon bo‘lmasligi kerak bo‘lgan urush” ekanini yana bir bor ta’kidladi. U buni “Baydenning urushi” deb atadi va uning prezidentligi davrida bunday bo‘lmasligini ta’kidladi.


Avvalroq AQSh Rossiyadan neft va gaz sotib oluvchi mamlakatlar uchun 500%lik import boji joriy qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, AQSh Senatining 100 nafar a’zosidan 72 tasi Rossiyadan neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uranni sotib oluvchi mamlakatlardan importga bojlar joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qullaga