Prezidentning qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish mexanizmini samarali tashkil etish bo‘yicha farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy-axborot kanali xabar berdi.
Hujjat bilan, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari belgilandi. Unga ko‘ra, tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, zararkunanda va kasalliklar taʼsirida o‘simlik hamda hayvonlarga yetkazilgan zararlar qoplab beriladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha 20% ga oshiriladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilarning xavflari esa kamaytiriladi.
Farmon bilan, Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi belgilandi.
2026-yildan mahsulot ishlab chiqaruvchilari mahsulot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanganda ishlab chiqariladigan mahsulotning yo‘qotilishi xavfini oldindan sug‘urta qilish amalga oshiriladi.
Klaster, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklari qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklari sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha qoplanmaydi.
Shuningdek, 2025-yil yakunigacha Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi axborot tizimi ishga tushiriladi.
Avvalroq Spot Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etilishi haqida yozgandi.
